Г, г — oʻzbek Kirill alifbosining toʻrtinchi harfi. Yaqin til orqa, portlovchi, jarangli undosh. Soʻz boshi (gul, goʻzal), oʻrtasi (yugur, egar), oxiri (barg, tong)da keladi. Soʻz oxirida tub oʻzbek soʻzlarida deyarli uchramaydi, boshqa tillardan oʻzlashgan soʻzlarda jarangsizlashadi (pedagog — pedagok, buldog — buldok va h.k.). 1995 yilda qabul qilingan oʻzbek lotin alifbosida oltinchi harf. Turkiy xalqlar, jumladan oʻzbek xalqi uchun umumiy bulgan yozuvlarda bu harf oʻziga xos shaklga egadir.