AQSh prezidentlik saylovi (2008)

2008-yilgi Amerika Qoʻshma Shtatlari prezidentlik saylovi 2008-yilning 4-noyabrida boʻlib oʻtdi. Bu har toʻrt yilda oʻtkaziladigan AQSh prezidenti va uning yordamchisini aniqlab beruvchi 56-saylov boʻldi. Saylovda Demokrat Barack Obama gʻalaba qozondi. Shuningdek senat (31 shtatda), vakillar kengashi (barcha shtatlarda) va gubernatorlar (11 shtatda) saylovlari ham oʻtkazildi[1]. Prezident va yordamchisi lavozimlariga eng katta ikki firqa — AQSh Demokratik Partiyasidan mos ravishda Barack Obama va Joe Biden, AQSh Respublikachilar Partiyasidan mos ravishda John McCain va Sarah Palin nomzodlari qoʻyilgandi. AQSh tarixida prezidentlik uchun ilk bora ikki amaldagi senator kurashishdi. Ikkala nomzod ham Amerika qitʼasidan tashqarida tugʻilgan ilk prezidentlik nomzodlaridir — Obama Hawaiida, McCain esa Panama kanali atrofidagi AQSh hududida tugʻilgan[2]. Oʻtgan saylov yana shunisi bilan eʼtiborga molikki, undagi nomzodlardan qaysi biri gʻalaba qozonganda ham, bu tarixiy yangilik: Obama birinchi qora tanli AQSh prezidenti, McCain esa birinchi muddatga saylangan eng keksa prezident boʻlar edi. Bu prezident yordamchilari nomzodlariga ham taalluqli: Biden birinchi katolik, Palin esa birinchi ayol yordamchi boʻlar edi.

Shtatlar boʻyicha ovozlar nisbati.

Nomzodlar tahrir

AQSh prezidenti lavozimiga nomzodlar roʻyxati (qalin harflar bilan gʻolib nomzod belgilangan):

Demokratlar Partiyasidan tahrir

 
Barack Obama.

Respublikachilar Partiyasidan tahrir

 
John McCain.

Konstitutsiya Partiyasidan tahrir

Libertarian Partiyasidan tahrir

Yashil Partiyadan tahrir

Mustaqil nomzod tahrir

Manbalar tahrir

Havolalar tahrir