Aberdin-angus qoramol zoti — Shotlandiyada yetishtiril-gan sergoʻsht zot. A.-Aberdin-angus qoramol zoti. AQSH, Yangi Zelandiya, Buyuk Britaniya, Argentina va boshqa mamlakatlarda boqiladi. Bu zot qora tusli, shoxs, tanasi silin-drsimon, oyoqlari kalta, baquvvat. Si-girlarining tirik vazni 500-550 kg, buqalariniki 750-800 kg, baʼzan 1000 kg ga boradi. 15-16 oylik axtalangan buqachalari 450-460 kg goʻsht qiladi. Boʻrdoqi qilib soʻyilganda 60% goʻsht beradi. Oʻzbekistonda A.-Aberdin-angus qoramol zotini jaydari qoramol zotlari bilan chatishtirish ishlari 60-yillardan boshlangan. Surxondaryo viloyati Uzun tumanidagi „Bobotogʻ“ hamda Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumani-dagi U. Yusupov nomidagi xoʻjaliklarda mahalliy sharoitlarda bu zot imkoni-yatlarini oʻrganish davom ettirilmoqda (1998).

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil