Abhariy, Asiriddin Mufazel ibn Umar (13-asr) — mantiqshunos olim. Niso (hozirgi Ashxobod) yaqinidagi Abhar qishlogʻida tavallud topgan. Buxoro va Samarqand madrasalarida taʼlim olgan. Ikki qismdan iborat „Tugʻilish va oʻlim haqida risola“ muallifi. Asarning bi-rinchi qismi 6 fasldan iborat: 1) Vo-jibul Vujud (Alloh)ning isboti; 2) Vojibul Vujud yagonaligi; 3) Vojibul Vujud namoyon boʻlishi; 4) oqibat isboti; 5) aqdlar koʻpligi; 6) malakali ruhlar. 2- qismi 5 fasldan iborat: 1) jismo-niy oʻlim; 2) ruh koʻchib yurishining rad etilishi; 3) buzilmaydigan ruh; 4) ruhiy oʻlim; 5) karomat, vahiy va ilhom. Asar qoʻlyozmalaridan biri Tehron universiteti Markaziy kutubxonasida, yana biri Eron Millat Majlisi kutubxonasida va uchinchisi Erondagi Sipohsolor madra-sasi kutubxonasida saqlanadi.[1]

Manbalar tahrir

  1. "Abhariy" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil