ADAM (Adam) Robert (1728.3.7, Ker-koldi — 1792.3.3, London) — ingliz meʼmori va binokor. 18-asr ingliz klassitsizmining yirik vakili. Edinburg untida oʻqigan (1743-yildan). Yevropa mam-lakatlariga sayohatga chiqib qad. yodgorli-klarni oʻrgangan (1754 — 58). 1761 — 68 yillarda qirollik meʼmori. Akasi Jeyms bilan hamkorlikda ratsional mujassamot-da chorbogʻlar (Londondagi Kenvudxaus, 1767 — 69) va jamoat binolari (Edin-burgdagi universitet, 1789 — 93), shahar mavzelari (Londondagi Adelfi, 1768 — 72), 2 — 3 qavatli turar joy binolari va boshqa qurishgan. A. qad. meʼmorlikka suyanib, mumtoz uslubdagi nafis bezak shakllaridan foydalangan. Binoning ichki qismini bezash va uy jihozlari joyla-shishiga katta ahamiyat bergan.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil