Adeli yeri — Sharqiy Antarkti-daning chekka qismi, 136° va 142° shq. u.lar orasida joylashgan. Qirgʻoqlari Hind okeaniga tutashgan. Iqlimi gʻoyatda sovuq, tez-tez dovullar boʻlib turadi. Yer yuzasi qalin muzlar bilan qoplangan. Dengiz sathidan bal. 2500 m gacha. A.Ye. fransuz dengizchisi J. Dyumon-Dyur-vil tomonidan 1840-yilda kashf etilgan va uning xotini nomiga qoʻyilgan. 1956-yildan A.Ye. qirgʻogʻi yonidagi Petrel orolda Fransiyaning Dyumon-Dyurvil ilmiy stansiyasi ishlab turipti.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil