Adigeya Respublikasi — Kavkaz togʻ tizmasining shimoliy yon bagʻrida, Kuban atrofidagi tekislikda joylashgan. Rossiya Federatsiyasi Krasnodar oʻlkasi tarkibiga kiradi. Maydoni- 7,6 ming km². Aholisi — 450 ming kishidan ortiq (1999). Poytaxti — Maykop shahri.

bayroq

Tabiati tahrir

Yer yuzasining aksariyati Shimoliy Kavkazga xos oʻrqirli tekislik-dan iborat, janubidagi togʻlarning bal. 3238 m (Chugush togi). Gaz, neft konlari, maʼdanli buloqlar bor. Sement, ohak, oyna ishlab chiqarish uchun xom ashyo zaxiralariga ega. Togʻlarda koshinkorlik va bezakbop toshlar koʻp. Maykop tuprogʻining xususiyatlari noyob. Adigeya hududining qariyb 40%ni oʻrmonlar ishgʻol qiladi. Togʻ va vodiylarda dub, buk, qayin, shumtol, zarang, kavkaz pixtasi, sharq archasi, qaragʻay, te-rak, sambit, qayragʻoch, lipa (joʻka) oʻsadi. Adigeyada 60 turdagi sut emizuvchi hayvon, 200 xil parranda yashaydi. Iqlimi — moʻ’tadil iliq. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi 193-2°, iyulda 22° atrofida. Yiliga 700 mm gacha yogʻin yogʻadi. Asosiy daryosi — Kuban; uning irmoqlari — Laboy, Be-loy va boshqa Tuprogʻi — asosan qoratuproq. Kavkaz qoʻriqxonasining aksariyati Adigeya hududida. Aholisining koʻpchiligi adigeylar va ruslar. Adigeylarning taxminan 82% oʻz tarixiy hududida yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km² ga 58,8 kishi toʻgʻri keladi. Shahar aholisi 54%ni tashkil etadi.

Tarixi tahrir

Taxminan 13-asrda gʻarbiy adigey qabilalari adigey elati boʻlib tarkib topa boshladi (antik yozuvchilarning da-lolat berishicha, meotlar, sindlar va boshqa ularning ajdodlari boʻlgan). 13-asrda adi-geylarni Oltin Oʻrda oʻziga boʻysundirib olgan. 16-asrda turk sultonlari va Qrim xonlari adigeylarni qaram qilish uchun hujum uyushtirgan. 1557-yildan Adigeya Rossiya tarkibida. 1918-yil Maykopda shoʻro hokimiyati eʼlon qilindi, may oyida adigeylar yashovchi hudud Kuban-Qora dengiz sovet respublikasi tarkibiga ki-ritildi. 1922-yil Cherkasiya muxtor viloya-ti tuzildi, u 1928-yilda Adigeya muxtor viloyati deb ataldi. Ikkinchi jahon urushi vaqtida 1942-yil avgustda nemis-fashist bosqinchilari Adigeya hududini bosib oldilar. 1943-yil ozod qilindi. 1991-yil Adigeya muxtor viloyati Adigeya respublikasi boʻldi. 1995-yil martda Adigeya konstitutsiyasi qabul qilindi.

Xoʻjaligi tahrir

Adigeya xalq xoʻjaligida sa-noat yetakchi oʻrin oladi. Uning asosiy tarmoqlari — oziq-ovqat va qayta ish-lash sanoati. Energetikasi issiqlik elektr stansiyalari va gidroresurslarga taya-nadi. Konserva, vinochilik, yogʻ-moy, tama-ki, qand-shakar, sut zavodlari bor. Oʻrmon, yogʻochsozlik, mashinasozlik sanoati kor-xonalari mavjud. Asosiy sanoat markazi Maykop sh. Adigeyada asosiy ekinlar bugʻdoy, makkajoʻxori, sholi, kungaboqar, qand lavlagi, zigʻir, tamaki, choy, efir moyli oʻsimliklar. 250 ming ga haydaladigan yer bor. Parrandachilik qishloq xoʻjaligining muhim tarmogʻi hisoblanadi. Qoramol, qoʻy va echki boqiladi. Yilqichilik va asalari-chilik rivojlangan. Asosiy transport turi — temir yoʻl Avtomobil va havo transporti rivojlangan. Kuban daryosida kemalar qatnaydi. Adigeyadagi mashinasozlik, yogʻochsozlik, yengil sanoat korxonalari mahsulotlari — stanoklar, turli tipdagi reduktorlar, mebel, karton, oziq-ovqat, shuningdek qora metallar, moyli ekinlar urugʻi jahondagi 17 mam-lakatga chiqariladi. Maykop shahrida ishlab chiqariladigan yuksak darajada tozalan-gan insulin chet elda keng tarqalgan.

Madaniyati tahrir

Adigeyada oʻrta umumiy, hunar-texnika va oliy taʼlim rivojlangan. Adigeyada universitet, Maykop davlat texnologiya instituti, Adigeya xalqaro FA, tarix-oʻlkashunoslik muzeyi, ommaviy kutubxonalar, klub muassasalari bor. Qadim zamonlardan mardlik eposi, qahramonlik qoʻshiqlari, ogʻzaki tarixiy hikoyalar keng yoyilgan. Adabiyot va sanʼat arboblari — shoirlar L. Kuek, R. Xochemizova, rassomlar P. Amosyan, V. Dolgov, V. Mexed, F. Petuvash, T. Kat, M. Tuguz, Z. Guchev, M. Gogunokovlar mashhur. Jez davridan qolgan oltin va kumush idishlar, hayvonlar tasvirlangan haykalchalar maʼlum, ilk temir davrida zargarlik buyumlari va keramika paydo boʻlgan. Amaliy naqsh sanʼatining anʼanaviy turlari: kumush-ga gul solish, zar va kumush ip bilan kashta tikish rivojlangan. Hozirgi davrda dastgoh tasviriy sanʼati urf boʻldi. Oʻrta a.larda Yevropa bilan Osiyoni bogʻlovchi Buyuk ipak yoʻli respublika hududidan oʻtgan. Adigeylarning ajdodlari jahon arxeologiyasida mashhur boʻlgan Maykop madaniyatini yaratganlar, mahobatli tosh sagʻanalar barpo etganlar. Adigeyada simfonik orkestr, kamer teatri, xalq cholgʻu as-boblari orkestri ishlab turibdi. May-kopda Sharq xalqlari sanʼati Davlat muzeyining filiali ochilgan.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil