Akutagava Ryunoske (1892.1.3 — Tokio — 1927.24.7) — yapon yozuvchisi. Oʻz asarlari bilan yapon adabiyotini jahon miqyosiga chiqishini boshlab bergan. U ijodida gʻarb va yapon adabiyoti anʼanalarini oʻzaro uygʻunlashtirib, yapon anʼanaviy tasvir va ifoda usu-lini yangi yoʻnalishga burgan. Inson ongining „jumboq“ligi, oldindan ay-tib boʻlmaslik xususiyati ifodalangan hikoyalari — „Ryosman“ (1915), „Burun“ 284(1916) unga shuhrat keltiradi. „Kuz“ (1920), „Sovuq“ (1924) psixologik hikoyalarida esa ijtimoiy yovuzlik du-nyosida ezgulikning fojiaviy qismati aks etgan. „Suv alvastilari mamlaka-tida“ (1927) ijtimoiy-fantastik ma-joziy asardir. Insonning yolgʻizligi, uning vaqt, tarix oddida ojizligi pand-nasihatdan iborat „Tentakning hayoti“ (1927) nomli soʻnggi asarining mavzu-idir. Yapon madaniyatida beqiyos oʻrin egallagani uchun „Akutagava“ milliy mukofoti taʼsis etilgan. U 1892 yil 1 mart kuni Tokyoda tugʻilgan yoki qadimgi vaqt oʻlchovi boʻyicha ajdar kuni ajdar oyi ajdar soatida dunyoga kelgan va shuning uchun uni Ryunosuke deb atashgan. U toʻqqiz oyligida onasi aqldan ozgan va chaqaloq qonun va odatga koʻra onasining akasi, Tokio prefekturasining qurilish boʻyicha menejeri Akutagawa Mitakiakining farzandsiz oilasiga asrab olish va tarbiyalash uchun topshirilgan. Kichik Ryunosuke Niihara ismini yoʻqotdi va Akutagawa familiyasini oldi.[1]

Asarlari

Akutagava Ryunoske — o‘z asarlari bilan yapon adabiyotini jahon miqyosiga chiqishini boshlab bergan adib sifatida tan olinadi. U ijodida g‘arb va yapon adabiyoti anʼanalarini o‘zaro uyg‘unlashtirib, yapon anʼanaviy tasvir va ifoda usulini yangi yo‘nalishga burgan. Inson ongining „jumboq“ligi, oldindan aytib bo‘lmaslik xususiyati ifodalangan hikoyalari — „Rasyomon darvozasi“ (1915), „Burun“ (1916) unga shuhrat keltiradi. „Kuz“ (1920), „Sovuq“ (1924) kabi psixologik hikoyalarida esa ijtimoiy yovuzlik dunyosida ezgulikning fojiaviy qismati aks etgan. „Suvosti mamlakatida“ (1927) ijtimoiy-fantastik majoziy asardir. Insonning yolg‘izligi, uning vaqt, tarix oldida ojizligi pand-nasihatdan iborat „Telbaning hayoti“ (1927) nomli so‘nggi asarining mavzuidir.

1918 yilning iyulida „Osaka mayniti“ gazetasi Akutagavaning eng jozibador novellasi — „Do‘zax azoblari“ni sonma-son nashr etib bordi. Biz ilgari ham bu asar mazmuniga birmuncha to‘xtalgan edik („Qashqadaryo“ gazetasi, 2017-yil 7-sentabr sonidagi „Kunchiqar yurt jozibasi“ maqolasi). Bu gal asar mazmuni emas, Akutagava kashfiyotiga turtki bergan — mohiyati haqida so‘z yuritmoqchimiz.

Saroy musavviri Yosixide oldida sevimli, yakkayu yagona qizi yoki umrboqiy asar yaratish istagi — ikkisidan birini tanlash vazifasi turgandi va u ikkinchisini tanladi. Ilhom girdobiga tushib qolgan musavvir o‘zicha haq edi, negaki faqat sanʼat asarigina o‘z fidoyisi uchun eng oliy quvonchni taqdim etadi, uni yaratish uchun istalgan narsani qurbon qilish, jinoyatga qo‘l urishni oqlash mumkin, boisi, favqulodda buyuk sanʼat asari yaralishi shuni taqozo etadi. Ammo mazkur xulosa adibni quvontirmadi. Shu boisdan u hikoya nihoyasida ilhom girdobidan bo‘shanib, xayolot arshidan voqelikka qaytgan musavvir ertasi kuni hayot bilan vidolashganini tasvirlaydi.

1921-yil o‘zi muxbir bo‘lib ishlayotgan „Osaka mayniti“ gazetasi topshirig‘i bilan hayotida yagona bor chet el safariga chiqib, Xitoy va Koreya mamlakatlarida bo‘ldi. Akutagava garchi uch farzandning otasi bo‘lsa-da, turmush ikir-chikirlariga o‘ralashib qolmadi, XX asr aksar yapon ijodkorlari singari G‘arbga ko‘r-ko‘rona ergashish yo‘lini ham tutmadi. Irsiyatida mavjud asab kasalligi uni doimo taʼqib etib turdi.

O‘tgan asr 20-yillari yarmidan boshlab mamlakatda adabiyot jilovini ijod ahli emas, noshirlar qo‘lga oldi. Ilgari noshirlar mashhur ijodkorlarga qarmoq tashlagan, ular tomonidan yaratilgan asarlar uchun talashgan bo‘lsa, endi yozilajak asarlar janri va mazmunini noshirlar belgilaydigan bo‘ldi. Ularning talabini bajargan yozuvchilarning asarlarigina nashr etilib, qalam haqi to‘landi. Yirik adiblar, hatto Akutagava bilan yaqin aloqada bo‘lganlari ham adabiyot fabrikalarini yaratishdi, yaʼni iqtidorli kambag‘al talabalar arzimagan choychaqa evaziga ular uchun syujetlar o‘ylab topishar, qoralama nusxasini yozib berishardi. Akutagavaning eng talantli zamondoshlaridan biri, yorqin nosir va dramaturg Takeo Arisima (adibning „Ayol“ romani o‘zbek tiliga tarjima qilingan) adabiyot olamidagi mazkur boshboshdoqlikdan dahshatga tushib, o‘z joniga qasd qildi. Aytish mumkinki, faqat Akutagavagina o‘z eʼtiqodidan voz kechmadi, biri-biridan fusunkor hikoyalarini yozishda davom etdi. Buyuk adib 1921-yil dekabridan 1922-yil avgustigacha o‘ndan ziyod turli janrdagi asarlar yaratdi.

Ulardan biri „Chakalakda“ novellasi bo‘lib, unda bir qotillik yuzasidan yetti kishining hikoyasi asos qilib olingan. Xususan, qaroqchi bir er-xotinni to‘qayzorga aldab olib borib, erini jangda o‘ldirib, xotinini tortib oldim, deydi. Ayol qaroqchi erimni daraxtga bog‘lab qo‘yib, nomusimga tegdi, buning guvohi bo‘lgani uchun erimni o‘zim o‘ldirdim, deydi. Marhumning ruhi esa, bunday sharmandalikni ko‘rganimdan so‘ng or-nomusga chidolmasdan o‘zimni-o‘zim qatl etdim, deb munosabat bildiradi.

Hikoyani mutolaa qilgan kitobxon har uchala iqrorning qay biriga ishonishni bilmay qoladi. Har uch talqinda ham o‘sha vaziyatdagi holat, harakat, voqeaning inson siyratiga taʼsir kuchi mantiqan to‘g‘ri asoslangan. Birontasini ro‘yo deyishga til bormaydi, har uchala talqinning istalgan birini „mana shunisi haqiqat“ deb baholasangiz ham xato qilmaysiz. Hayot naqadar murakkab ekanligi, insonning sarhadsiz botini, qalb kengligining cheksiz-chegarasizligini teran anglagan ijodkor shu tariqa chinakam so‘z sanʼati muhiblari ong oqimiga navbatdagi boshqotirmani tuhfa etadi.

Odatda aksar ijodkorlar inson va jamiyat o‘rtasidagi munosabatlarni qalamga olsa, Akutagava mutlaq boshqa yo‘ldan boradi, uning tajriba obyekti — inson qalbi, tabiati, botiniy olami, ayniyati. Biz Akutagava mutolaasidan so‘ng inson kim, xarakterining yorqin va qorong‘i tomonlari qayerda, yovuzlik va ezgulik xislatlari qanday paydo bo‘lgan, inson qalbining qaysi qirralari mangu va o‘zgarmas, nimalar davr va vaqt tajassumi tufayli yaraladi, degan savollarga javob olamiz va har bir inson o‘ziga xos kichik bir dunyo ekanligini anglab yetamiz. Uning asarlarida qaysi davrga — o‘tmish, bugun yoxud kelajakka murojaat etilmasin, inson botinidagi zamonga, davrga bog‘liq bo‘lmagan xususiyatlar izlanadi, kashf etiladi. Shu nuqtai nazardan qaraganda Akutagava ijodida muqim bir izchillik emas, mavzu o‘zgarishi, hikoya qilinayotgan voqea va hodisalarning goh o‘tmish, goh voqelikka ko‘chib yurishi kuzatiladi, biroq asosiy eʼtibor inson ongidagi turlanishlar tasviriga qaratiladi, uning qahramonlari ong ostidagi narsa kutilmaganda yarq etib yuzaga chiqadi.

"Bu hikoya, — deb yozgandi Akutagava ijodining ibtidosida bitilgan „Burun“ hikoyasi haqida buyuk yapon adibi Natsume Soseki, — o‘ta nozik did va haqiqiy yumor bilan sug‘orilgan. Unda ortiqcha hazillarsiz chindan kulgili voqea tasvirlangan. Shu bilan birga, mavzuning yangiligi ham hayratga soladi kishini. Hikoya kompozitsiyasi o‘ta taʼsirli va ajoyib qurilgan. Men hayratdaman! Muallif yana shunday hikoyalardan besh-o‘ntasini yozsa, bas, shunda sizlar unga teng keladigan boshqa mohir so‘z ustasini topolmaysiz". Akutagava ijodi bilan ozmi-ko‘pmi tanish kitobxon ulkan adib bashorati qay darajada o‘zini oqlaganiga to‘la amin bo‘ladi.

Mashhurlik cho‘qqisiga ko‘tarilgan adib nimagadir shoshilayotgan kabi asosiy vaqtini ijodga bag‘ishlar, ko‘p va rang-barang asarlar yaratardi. Uning hikoyalar to‘plamlari birin-ketin nashr etilar va tezgina sotilib ketardi. 1925-yil aprelida Yaponiyada nashr etila boshlagan „Zamonaviy asarlar saylanmasi“ ko‘p jildligi ham aynan Akutagava bitiklari bilan boshlangani uning mashhurligi mahsuli edi. Tabiiyki, uni maqtashar, tanqid qilishar, tuhmatlar uyushtirishardi, buyuk adib na maqtovlarga, na tanqid va bo‘htonlarga munosabat bildirar, sokinlik va bosiqlik bilan ijod qilardi. Uni boshqa narsa — asabiylik qiynardi. Har gal yangi hikoyasiga nuqta qo‘yganida va o‘shazahot o‘zini halokat jaridan asrab qolish ilinjida yangi ijod namunasini yaratishga kirishardi.

1927-yil Akutagava „Tishli g‘ildirak“ va „Telbaning hayoti“ deb nomlangan so‘nggi ikki asarini yozdi. Ikkinchi jahon urushigacha bo‘lgan yapon adabiyotining eng yuqori cho‘qqisiga aylangan mazkur asarlariga Akutagava o‘z hayotini, nafaqat hayoti, balki botinidagi do‘zax alangasini mavzu qilib oldi. U jahon adabiyotiga galdagi ikki shedevrini tuhfa qildi. Ammo bu ham uni qutqarib qolishga kamlik qildi, 1927-yil 4-iyulida yamagutilik telba ayol va savdogarning farzandi bo‘lmish Ryunoske Akutagava o‘ttiz besh yoshida o‘z hayotiga sovuqqonlik bilan nuqta qo‘ydi.

Akutagava 1927 yilda tushkunlikka berilgan holda oʻta koʻp miqdorda dori ichib oʻz joniga qasd qiladi. Uning oʻlimi adabiyot olamida shov-shuvga sabab boʻladi. U oʻlimidan ancha ilgari oʻz joniga suiqasd qilish haqida koʻp gapirar va yozar, hamma uning bu soʻzlariga koʻnikib qolgandi. Aytishlaricha, oʻlimidan ilgari 35 yoshli Akutagava shunday degan ekan: „Tabiat menga juda jozibali tuyulyapti, chunki men dunyoga soʻnggi marta qarayapman!“ .

Ehtimol buyuk adibning bu qilmishiga o‘zini yillar davomida taʼqib qilib kelgan vos-vos xastaligidan xalos bo‘lish yo‘lini topolmagani yoki inson botiniy olami turfa sirlarini o‘rganishdan charchab sillasi qurigani yoxud o‘z kashfiyotlarini noto‘g‘ri ketma-ketlikda ochganligi sabab bo‘lgandir. Har holda Akutagava o‘z botini fuqarosi edi, o‘z botinida yashadi va uning qurboniga aylandi, uning hayoti intihosi ham qiyosi va takrori yo‘q daho adib adabiyot ahliga tortiq etgan so‘nggi, bahsli boshqotirma bo‘lib qoldi. Bu boshqotirma esa kelajak avlodlar uchun yechish uchun asosiy masalalardan biriga ayl     Ryunosuke Akutagava, nafaqat Yaponiya shuningdek, Yaponiyadan tashqarida ham oʻzining „Rashomon darvozasi“ asari bilan tanilgan, ammo „Kappa“ asari esa muxlislar va olimlar tomonidan uning eng yaxshi asari hisoblanadi. „Aqliy kasal“ tomonidan hikoya qilingan va toʻgʻridan-toʻgʻri muallif tomonidan tinglangan ertak sifatida tanishtirilgan „Kappa“ „Gulliverning sayohatlari“ kabi maftunkor fantastik satira hisoblanadi."Kappa" yoxud „Suvosti mamlakatida“ asari -  1927 yil fevral oyida nashr etilgan asar boʻlib, bu asar Akutagava Ryunosukening eng soʻnggi asaridir. Bu vaqtda Akutagava ruhiy kasallikka duchor boʻlgan edi va butun vujudini qamrab olgan edi. Bundan tashqari, oʻsha yilning yanvar oyida oʻz joniga qasd qilgan qaynonasining qarzlari va oilasining hayoti uning yelkasiga tushadi. Bu ogʻirliklarni koʻtarolmaganidan, u 27-iyul kuni zahar ichib, oʻz joniga qasd qiladi (Akutagavaning bu oʻlim kuni „Kappa xotiralari“ deb Yaponiya tarixida nom qoldirdi). Shu qadar mashhurki, uning oʻz joniga qasd qilishi doʻstiga vasiyatnomasida „qoʻrqmas tashvish“ deb tasvirlanadi.

       Akutagava kechikib boʻlsada onasining ruhiy kasal boʻlganligidan xabar topadi va bu dard unga meros boʻlib oʻtishidan xavotir oladi. Haqiqiy Fuku onasi tugʻilgandan koʻp oʻtmay kasal boʻlib qoldi va yosh Ryunosuke Akutagava oilasi tomonidan asrab olindi. (U keyinchalik „Mening onam jinni boʻlgan“ degan dahshatni tan olishga maʼjbur boʻladi[2]). Koʻpincha eʼlon paytida „yorqin“ va „aqlli“ deb taʼriflangan „Kappa“ haqida Akutagavaning oʻzi: „Men hamma narsadan, ayniqsa, oʻzim haqidagi haqiqatdan qoʻrqaman“, deb aytadi.


[1] https://oliverisaakeddy.wordpress.com/2017/07/16/a-short-analysis-of-ryunosuke-akutagawas-kappa/

[2]Akutagava Ryunoske  .Suvosti mamlakatida. Oydin Niso tarjimasi(rus tilidan)

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.
  • 日本文学全集・芥川龍之介 『河童(かっぱ)』 1927年
  • 『日本語史』 おうふう、2004
  • 砂川 『日本語文型事典』 くろしお出版 ,1998
  • 木間村・尾上「『河童(かっぱ) 』の比較分析」社号, 2004