Akvarel (frans. aquarelle, asli lot. aqua — suv) — rassomlik sanʼatida ishlatiladigan boʻyoq (suvda oson eriydi) va shu boʻyoq bilan bajarilgan rang-tasvir asari. A.ning oʻziga xos xususiyati boʻyoqning tiniq, rangning sofligidir, rang-tasvirida oq boʻyoq ishlatilmaydi- oq qogʻoz boʻyoq vazifasini bajaradi, boʻyogʻi qogʻoz sirtiga yupqa qatlam boʻlib yotadi, bu qatlam nurni yaxshi oʻtkazadi. Shuning uchun rang-tasviri yuzasi silliq boʻlmagan oq qogʻozga ishlanadi, boʻyogʻida rasm ishlanganda rangsurtmalar, rang qatlamlari xususiyati hisobga olinishi kerak, qadimdan maʼlum boʻlgan. 15-asrda nemis rassomi Dyurer A.da ajoyib asarlar yaratgan. 17-18-asrlarda Yevropada keng tarqaldi. 18-19-asr boshlaridan jadal rivojlandi, uslub va usullari ishlab chiqildi. Angliya (U. Terner, R. Bonington va boshqalar), Fransiya (O. Dome, E. Delakrua va boshqalar), Rossiya (K. Bryullov, I. Repin, V. Serov, M. Vrubel va boshqalar) da sanʼatining ajoyib namunalari yaratildi. Oʻzbekiston tasviriy sanʼatida rang-tasviri 20-asr 20-yillaridan rivojla-na boshlagan. A. Nikolayev (Us t a Moʻmin), G. Nikitin, B. Hamdamiy, Oʻ. Tansiqboyev, V. Kaydalov va boshqa rassomlar oʻz A. asarlari bilan oʻzbek A. sanʼati rivojiga mu-nosib hissa qoʻshdilar. Oʻzbekiston ras-somlaridan M. Sodiqov, T. Muhamedov, F. Boymatov, V. Apuxtin va boshqa ijodida A. rivojlanmoqda.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil




Tarix tahrir

Akvarel boʻyoqlari juda ham qadimiy boʻlib, ehtimol Yevropaning paleolit davridagi gʻor rasmlariga tegishlidir. Misr davridan beri, ayniqsa Yevropa oʻrta asrlarida qoʻlyozma rasmlari uchun foydalanilgan. Biroq kelib chiqishi, uning badiiy vosita sifatida uzluksiz tarixi Uygʻonish davridan paydo boldi. Shimoliy Uygʻonish davri nemis rassomi Albrecht Dyurer (1471-1528) bir nechta ajoyib botanika, yovvoyi tabiat va landshaft akvarellarini chizgan, odatda akvarelning eng qadimgi vakillaridan biri hisoblanadi. Dyurer Uygʻonish davrining bir qismi sifatida Germaniyada akvarel boʻyoqlarining muhim maktabiga Hans Bol (1534-1593) rahbarlik qilgan. tahrir

 
Albrecht Dyurer, Yosh quyon, 1502, akvarel va tana rangi, Albertina, Vena