Alanlar — mil. 2-9-asrlarda Quyi Volga boʻyi, Janubiy Uraloldi, Don boʻyi, Shimoliy Kaspiy boʻyi (Dneprgacha) mintaqalarda yashagan kabilalar; sar-matlarnipt avlodi. Oʻzlarini ironlar deb ataydilar, Vizantiya manbalarida alanlar, gruzin manbalarida oslar, rus yodnomalarida yaslar deb ataladilar. Mil. av. 2-asrdan roksolanlar nomi bilan maʼlum. Hind-yevropa til oilasining eron tarmogʻiga mansub tilda soʻzlashgan. A.ning asosiy xoʻjaligi chorvachilik va qisman dehqonchilik boʻlib, keyinchalik hunarmandchilik, kulolchilik, zargarlik va metallurgiya taraqqiy etadi. A. ijtimoiy hayotida qabila boshliqlari muhim oʻrin tutgan. A. 4-asrda (372) gunnlar va 6-asrda avarlar tomonidan qattiq zarbaga uchraydilar. Ularning bir qismi xalqlarning buyuk koʻchishida ishtirok etib Gʻarbiy Yevropa va Shimoliy Afrikaga borib oʻrnashadi. U yerda A. vandallar bilan birgalikda 6-asr oʻrtasigacha mavjud boʻlgan davlat barpo etganlar. Dogʻistondan Kuban boʻyigacha A. yashagan hudud 7-10-asrlarda Xazar xoqoni ta-sarrufida boʻlgan. Bu davrda A. Xazar xoqonligi, Vizantiya va Arab xalifali-giga qarshi kurashdilar. 10-12-asrlarda A.ning ilk davlati tuziladi. Shu davrda A.da yunon alifbosi asosida yozuv vu-judga keladi. 1238-39 ylarda moʻgʻullar A.ga qaqshatqich zarba berib Kavkazoldi tekisliklarini egallaydilar. Omon qolgan A. Markaziy Kavkaz togʻlari va Kavkazorti (Jan. Osetiya)ga ketadilar va u yerdagi mahalliy Kavkaz aholisi bilan qoʻshilib ketganlar. A. qabilalari oʻrtasida 7-asrda xristian dini, 14-asrda islom dini tarqaladi. A. osetin xalqining bevosita ajdodi boʻlib, ular Shimoliy Kavkazning mahalliy aholisi et-nogenezida hamda madaniyatining vujudga kelishida muhim rol oʻynagan.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil