ALBERTI (Alberti) Leon Battista (1404.18.11, Genuya — 1472.25.4, Rim) -italyan olimi, meʼmor, yozuvchi va musiqashunos. Uygʻonish davrida yashab ijod etgan. Paduya va Bolonyada taʼlim olgan. Rim va Florensiyada yashab ijod etgan. Italyan tilida „Haykal haqida“, „Rassomlik haqida“, lotin tilida „Meʼmorlik haqida“ chop etilgan naza-riy risolalarida ilgʻor ilm yutuqlarini zamonaviy sanʼat bilan boyitib, umumlash-tirgan, „Oila haqida“gi axloqiy riso-lasida har tomonlama rivojlangan bar-kamol shaxsni talqin qilgan. Meʼmorlikda qad. badiiy merosdan foydalanib, bino bosh tarzini yunon meʼmorligiga 371xos uslubda ravoklari keng, serhasham, yangi shakllarini yaratgan: Florensiyadagi Ruchellai pallatsso saroyi, 1446- 51; Santa-Mariya Novella, 1456-70; Riminidagi San-Franchesko, 1447- 68; Man-tuyadagi Sant-Andrea (1472- 94) cherkovlari va boshqa

De re aedificatoria
Leon Battista Alberti

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil