Albitssiya (Albizia) — burchak-doshlar oilasiga mansub daraxt va bu-talar turkumi. 50 ga yaqin turi bor. Asosan tropik va subtropik hududlar (Eron, Hindiston, Efiopiya, Zakavka-ze)da yovvoyi holda uchraydi. Barglari juft patsimon, murakkab, gullari kal-lak toʻpgulga yigʻilgan. Oʻzbekistonda A.ning A. julibrissin xushmanzara turi oʻsadi. Bu tur yovvoyi holda Ozarbayjondagi Talish togʻi oʻrmonlarida tarqalgan boʻlib, „ipak akatsiya“ nomi bilan Kavkazning boshqa joylarida, Krim va Oʻrta Osiyoda ham ekiladi. Oʻzbekistonda Toshkent, Samarqand, Buxoro, Fargʻona shaharlarida oʻstiriladi.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil