Alkalimetriya (arab, alqaly -ishqor va yun. metreo — oʻlchayapman) — ishqor miqdorini aniqlashda hajmiy analizning neytrallanish reaksiyasiga ayeoslangan usuli. Bunda tekshirilayotgan eritmaga maʼlum konsentratsiyali kis-lota oz-ozdan qoʻshib boriladi. Reaksiyaning oxiri ilgaridan qoʻshib qoʻyilgan indikator rangining oʻzgarishiga qarab bilinadi. Ishqor miqdori sarflangan kislota miqdoriga qarab aniqlanadi. Eritmalar rangli boʻlsa, titrlash usu-lidan foydalaniladi. A.dan eritmadagi ishqor, soda kabi aralashmalar miqdorini, suvning qattiqligini aniqlashda foydalaniladi.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil