Almat — Rossiya Federatsiyasining Tatariston Respublikasidagi shahar (1953-yildan). Zay daryosi (Kama irmogʻi)ning chap sohilida. Minnibayevo temir yoʻl stansiyasidan 18 km shimoli-sharqda. Chistopol, Bugulma va boshqa shaharlar bilan avtomobil yoʻli orqali bogʻlangan. Aholisi 133 ming kishi (1992). 1950-yilda neft koni yaqinida shaharcha sifatida paydo boʻlgan. Almat- Tataristondagi neft sanoatining muhim markazi. Neft va gaz qazib olinadi. Neft qazib chiqarish sanoati uchun mashina va jihozlar ishlab chiqariladi. Gazni qayta ishlash, shina tuzatish, avto-traktor tuzatish, temir-beton konstruk-siyalari, yogʻochsozlik, gʻisht zavodlari, drama teatri bor. Almat yirik neft quvurining boshlangʻich punkti.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil