Alushta — Ukrainaning Qrim Respublikasidagi shahar (1902-yildan). Qrim yarim orolning janubiy sohilida joylashgan. Aholisi 37,6 ming kishi (1991). Iqlimiy kurort. Simferopoldan 45 km va Yaltadan 32 km. Qrimning janubiy sohilidagi boshqa ku-rortlarga nisbatan iqlimi ancha salqin. Tarix-oʻlkashunoslik, tabiat muzeylari bor. Shahar VI asrda vujudga kelgan. XIV asrdan genuyaliklarning, 1475-yildan turklarning qoʻl ostida boʻlgan. 1783-yilda Alushtani Rossiya bosib olgan.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil