Amil spirtlar — bir atomli toʻyingan spirtlar. Zichligi 814 kg/m3. Amil spirtlarning 8 ta izomeri bor. Ular orasida eng ahamiyatlisi izoamil spirtdir. Odat-dagi sharoitda Amil spirtlar ning hamma izomerlari suyuq boʻladi. Izoamil spirt rang-413siz suyuqlik boʻlib, undan qoʻlansa hid keladi, qaynash temperaturasi 131,5°, suvda yomon erib, azeotrop aralashma hosil qiladi. Organik erituvchilarda yaxshi eriydi. As. sivuxa moyidan olinadi. Ular sin-tetik usullar bilan ham hosil qilinadi. Amil spirtlar sulfat kislota bilan qizdirilganda oddiy amil efirlar hosil boʻladi. Izo-amil spirtning murakkab efirlari, mas, izoamilatsetat xushboʻy modda. U meva es-sensiyalari tayyorlashda va lok, boʻyoq ishlab chiqarishda erituvchi modda sifatida ishlatiladi.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil