Ampula (lot. ampulla — shisha idish) — 1) nay shaklidagi turli aʼzolarning pufakka oʻxshash kengaygan qismi. Masalan, umurtqali hayvonlarda toʻgʻri ichakning kengaygan qismi; 2) teri ostiga, muskul orasiga, venaga yubori-ladigan suyuq dorilarni, shuningdek zardob, vaksina va biopreparatlarni steril holda saqlash uchun kavsharlab berkitiladigan shisha idish; 3) qadimgi rimliklarda — suyuqlik saqlanadigan xum yoki shisha idish.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil