Apocalypticaviolonchellarda metal musiqasini ijro etuvchi finlandiyalik guruh. Guruh uch violonchelchi va bir barabanchidan tashkil topgan va doimiy vokalistga ega emas. Ijodining ilk yillarida mashhur thrash-metal guruhlariga qilgan kaverlari bilan mashhur bo'lgan.

Apocalyptica

2006-yilning iyul oyida Brusseldagi konsertda
Umumiy maʼlumot
Kelib chiqishi Helsinki, Finlandiya
Faoliyat yillari 1993 — bugun
Janr Simfonik metal
Leybl MCA Music, Inc.
Zen Garden
Mercury
20-20
Tarkib Eicca Toppinen
Paavo Lötjönen
Perttu Kivilaakso
Mikko Sirén
Sobiq aʼzolar Antero Manninen
Max Lilja
Vebsayt www.apocalyptica.com

Guruhning janri ko'pincha simfonik metal deb aytiladi. Ko'p ijodlari instrumental. Bundan tashqari Apocalyptica Slipknot, The Rasmus, HIM, Sepultura, Guano Apes,Rammstein kabi guruhlarning vokalistlarini birga ishlash uchun jalb qilgan.

Tarih tahrir

Ijodining ilk yillari tahrir

Apocalypticaning birinchi tarkibi to'rt violonchelchilardan iborat edi: Eicca Toppinen, Max Lilja, Paavo Lötjönen, Antero Manninen. Yoshlar birga konservatoriyada o'qir edilar va «heavy metal» muhlislari edilar. Max Lilja eslaydi:

Biz, Apocalyptica musiqachilari, 10 yildan ko'p vaqtdir bir-birimizni bilamiz. Bir necha martta musiqachilar yoz lagerlarida uchrashar edik. Metallicani chalishni boshlashdan oldin biz Jimi Hendrix va shuning kabilarning musiqalarini 2-3 ta violonchellarda chalar edik. Ularda chalish fikri g'alati va ajoyib edi. Biz hammamiz og'ir musiqa muhlislarimiz, Metallica esa bizning eng yahshi ko'rgan guruhimiz.

1993-yilning yozi edi. Biz bir yoz lageri uchun ko'ngil ochar dastur tayyorlayotgan edik va tinglovchilarga ajoyib bir narsa taklif qilmoqchi edik. Shunday qilib do'stlarimiz uchun bir chuft metal qo'shiqlarini ijro qilmoqchi bo'ldik. Tan olishim kerakki, o'shanda juda yahshi vaqt o'tkazgan edik. Undan tashqari ma'lum bir muvaffaqiyatga ham ega edik.

Bu chiqishdan keyin musiqachilarda og'ir musiqa eksperimentlariga jiddiy yondashish fikri uyg'ondi. Ular ikki martta o'z akademiyalarida sahnaga chiqdilar. Keyinchalik kvartet bo'lganlaridan so'ng Helsinki rock-klublarida ham sahna ola boshladilar.

Guruh nomi esa «Apokalipsis» so'zi bilan Metallicadan olingan.

1995-yildan boshlab Apocalyptica katta maydonlarda sahna ola boshlaydi. Konsertlariga kelayotgan tinglovchilar soni 1 yildan keyin ellik mingga chiqadi. Finlandiya bo'yicha qilingan Metallica turi davomida kvartet sevimli guruhlari konsertini "qizdirish" uchun taklif qilinadi.

Kaverlar zamoni tahrir

O'sha yilning dekabr oyida Zen Garden Records firmasi Apocalypticaga Metallica qo'shiqlaridan iborat albom chiqarishni taklif qildi. Apocalyptica Plays Metallica by Four Cellos albomi o'sha yili, ya'ni 1996-yil chiqdi. Albomdagi ikki qo'shiq Your Friends and Neighbours nomli amerikan filmida ishlatilgan.

1998-yil Apocalyptica Inquisition Symphony albomini yozishga kirishdilar. Albom Metallica, Sepultura, Pantera, Faith No More guruhlarining qo'shiq kaverlari va Eicca Toppinen yozgan bir qancha bastalardan iborat edi. Albom katta reytingli sotishlar bilan qarshilanib olindi. Finlandiya albom sotish chartida birinchi o'ntalikka kirdi. Harmageddon va Nothing Else Mattersga klip olindi.

Bundan tashqari Apocalyptica Heiland va Waltari guruhlarining albomlarini yozishda, Leningrad Cowboysning ikki ishtirokchisining solo proyektida ishtirok etdilar. O Holy Night nomli mashhur rojdestvo qo'shig'ini o'z sharhlarida chiqardilar. 2000-yilning boshida Apocalyptica Bush nomli granj guruhining Letting the Cables Sleep nomli singlida ishtirok etdilar. Bu trekni yozishda guruh birinchi martta to'liq simfonik orkestrdan foydalandilar.

Apocalyptica albomi chiqgach guruh o'qish va ishni tashlab yana gastrollarga chiqdilar. 2 yil ichida Apocalyptica Yunoniston, Polsha, Bolgariya, Litva va Meksikada bo'ldilar. Ularning konsertlari ikki ming kishilik zallarda o'tqazildi. 1999-yilning yozida guruh Gollandiyada bo'lib o'tgan Dynamo Open Air metal-festivalida 30 000 kishi qarshisida sahnaga chiqdilar. 2000-yil Sankt-Peterburg va Moskvaga ham keldilar.

Cult albomi tahrir

2000-yil oktyabr oyida uchinchi albomlari - «Cult» chiqdi. Albomda deyarli hamma bastalar Eicca Toppinen tomonidan yozilgan edi. Shuningdek albomda Metallicaning ikki kaveri va Edvard Griegning «Tog' qirolinining g'orida» pyesasining sharxi bor edi. «Cult» albomini yozishda bir vaqting o'zida 80 gacha violonchellar ishlatildi. Albomdagi Hope qo'shig'i Matthias Sayer (Farmer Boys) bilan aytildi. Qo'shiq Vidocq filmiga saundtrek bo'ldi. Albomni qo'llab quvvatlash maqsadida Sandra Nasic (Guano Apes) bilan «Path» singli chiqarildi. Qo'shiqga ikkita klip olindi (instrumental va vokal versiyalarida).

2001-yil Apocalypticaning 2000-yil oktyabrda Myunhendagi chiqishi DVDsi chiqarildi. Shuningdek diskga olti video klip va bir bonus-trek: 1999-yil Varshavada jonli chalingan «Little Drummerboy» bastasi kiritildi.

2002-yilning boshlarida guruh a'zolarining o'rtasidagi nizolar natijasida Max Lilja guruhdan ketdi. 2003-yil Maksidromda sahnaga Antero Manninen va Mikko Sirén chiqdilar. Hozirda ular jonli ijrolarda qatnashadilar.

Reflection albomi tahrir

2003-yilning mart oyida Eicca yozgan bastalardan iborat «Reflections» albomi chiqarildi. Albomdagi uchta bastani Perttu yozadi. Besh bastani yozishda Slayer guruhining barabanchisi Dave Lombardo ishtirok etti. Kuzda CD va DVDdan iborat «Reflections» — «Reflections Revised» mahsus nashri chiqarildi.

2003-yil bir qancha rock festivallarda qatnashdilar. Shuningdek Meksikada konsert berdilar. Avgustda Berlinda Viva Overdrive shouida Sandra Nasić bilan «Path», Linda Sundbald («Lambretta») bilan «Faraway» qo'shig'ini ijro qildilar.

2004-yilning boshlarida Apocalyptica turli proyektlar ustida ish olib borayotgan edilar. Perttu Helsinki filarmonik orkestri bilan konsert uchun Argentina va Braziliyada bo'ldi. Paavo dars berishni davom ettirdi. Eicca «Sheet-music» proyekti ustida ishladi. Bular bilan bir qatorda yilning birinchi yarmida yangi, beshinchi albom ustida ishlandi. Avgust-sentyabrda guruh Yevropadagi bir qancha festival va shoularda qatnashdi (Heitere Open Air, Highfield Open Air, Metal Camp, Huntenpop va h.k).

Apocalyptica albomi tahrir

2005-yilning yanvar oyida beshinchi albom - «Apocalyptica» chiqarildi. Albomga birinchi martta vokalli treklar kiritildi - «Life Burns», «Bittersweet», «En Vie» va «Betrayal/Forgiveness». Oldinlari vokalli bastalar faqatgina singl holida chiqarilar edi. Qo'shiqlarni yozishda Lauri Ylönen (The Rasmus), Ville Valo (HIM) kabi fin vokalistlari va fransuz qo'shiqchisi Emmanuelle Monet (Manu) ishtirok etdilar. Albomdagi qo'shiqlarni yozishda yana Dave Lombardo ishtirok etdi. Albomni qo'llab quvvatlash uchun Bittersweet, Wie Wiet va Life Burns singllari chiqarildi. Har uchiga ham klip olindi. Bittersweet qo'shig'i «Die Siedler: Das Erbe Der Konige» deb nomlangan kompyuter o'yiniga asosiy musiqiy tema bo'ldi.

Apocalyptica albomini qo'llab quvvatlash uchun dunyoviy turga chiqildi. Mart oyida birinchi martta AQSh va Janubiy Amerikaga bordilar, shuningdek u yerda Rammstein bilan ham sahnaga chiqdilar. 2005-yilning o'zida Yevropa va Amerikaning o'nlab mamlakatlarida 150 tadan ko'proq shoular o'ynaldi. Noyabr oyida guruh Rossiyaning har hil shaharlarida konsertlar berdi.

Worlds Collide albomi tahrir

Oldin singl xolida chiqarilgan vokalli qo'shiqlar 2006-yil Amplified: a Decade of Reinventing the Cello termasiga kiritildi.

2007-yil Apocalyptica Worlds Collide albomini chiqardi. Albomni yozishda Till Lindemann (Rammstein), Corey Taylor (Slipknot), Cristina Scabbia (Lacuna Coil) kabi vokalistlar, shuningdek barabanchi Dave Lombardo (Slayer) va gitarist Tomoyasu Hotei ishtirok etdilar.

Ishtirokchilar tahrir

Hozirgi tarkib tahrir

Sobiq tarkib tahrir

Sessiyaviy ishtirokchilar tahrir

Dave Lombardo (Slayer guruhidan) – Baraban (2003–2004)

Mehmon musiqachilar tahrir

Qiziqarli ma'lumotlar tahrir

  • Studioda ishlayotganda guruh juda qimmatbaho asboblarni ishlatadilar. Konsertlarda esa arzonroq asboblardan foydalanadilar.
  • Apocalyptica Eurovision 2007 ga taklif qilingan mehmonlardan edi. ovoz hisoblanilayotgan vaqt sahnaga chiqganlar.

Diskografiya tahrir

Studiyaviy albomlar tahrir

Muqova Reliz sanasi Nomi
 
1996 Plays Metallica by Four Cellos
 
1998 Inquisition Symphony
 
2000 Cult
 
2003 Reflections
 
2005 Apocalyptica
 
2007 Worlds Collide
2010 7th Symphony
2015 Shadowmaker
2020 Cell-0

Manbalar tahrir

  1. Apocalyptica – Tony Petrossian, director, 2007-09-14da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2007-11-20
  2. 2,0 2,1 arxiv nusxasi, 2007-10-01da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2007-11-20

Havolalar tahrir

Apocalyptica
Hozirgi tarkib: Eicca Toppinen | Paavo Lötjönen | Perttu Kivilaakso | Mikko Sirén
Sobiq tarkib: Antero Manninen | Max Lilja
Diskografiya
Studiyaviy albomlar: Plays Metallica by Four Cellos | Inquisition Symphony | Cult | Reflections | Apocalyptica | Worlds Collide | 7th Symphony | Shadowmaker | Cell-0
Singllar: Apocalyptica | Harmageddon | Path Vol.2 | Hope Vol.2 | Faraway Vol.2 | Seemann | Bittersweet | Wie weit/How far/En Vie | Life Burns! | Repressed | I'm Not Jesus
Termalar: Best of Apocalyptica | Amplified – A Decade of Reinventing the Cello
DVD: Live | Reflections Revised | The Life Burns Tour