Armstrong Lui Daniel (1900.4.7, Nyu-Orlean — 1971.6.7, Nyu-York) — afro-amerikalik sozanda (truba), xonanda, aktyor, jaz sanʼati asoschilaridan. Ilk jaz ansambllarining tashkilotchisi va ishtirokchisi. Chikago va Nyu-York jaz-orkestrlarida qatnashgan. 1947-yil „Lui Armstrongning barcha yulduzlari“ ansamblini tashkil qilib, u bilan birga Yevropa, Afrika, Shimoliy va Janubiy Amerikada gastrolda boʻlgan. Oʻziga xos ehtirosli va badihagoʻy ijro uslubini yaratgan. Bir necha blyuz va qoʻshiqlar muallifi. Mohir truba ijrochisi sifatida koʻpgina tanlovlarda oliy mukofotlar bilan taqdirlangan. 1938-yildan kinoda suratga tushgan.