Arslon yoki sher (lotincha: Panthera leo) mushuksimonlar oilasiga mansub turdir. Uzunligi 240 sm gacha (urgʻochisi kichikroq), ogʻirligi 280 kg gacha boʻladi. Yuz qismi choʻziq, dumining uchida uzun qora qildan iborat popugi bor. Tanasi kalta jun bilan qoplangan, erkaklari tanasining oldingi qismi (boʻyni, koʻkragi va yuzi)dagi uzun yunglari yolni hosil qiladi. Rangi sargʻish, yoli qoramtir tusda. Qadimgi areali Afrika (gʻarbidan tashqari), Yevropa (Bolqon yarim oroli, Zakavkaze — Armaniston) hamda Osiyoni (Arabiston yarim oroli, Kichik, Old va Janubiy Osiyo — Sharqda Hindistongacha) oʻz ichiga olgan. Individlar soni va areali keskin kamayib ketgan, hozirgi areali asosan Markaziy Afrikaning qoʻriqlanadigan hududlari va qisman Janubiy Osiyodan iborat.

Arslon

Ilmiy tasniflashUshbu tasnifni tahrirlash
Olam: Hayvonlar
Tip: Xordalilar
Sinf: Sut emizuvchilar
Turkum: Yirtqichlar
Oila: Mushuksimonlar
Turlari: P. leo
Binar nomi
Panthera leo
(Linnaeus, 1758-yil[1])

Arslon choʻl, savanna va daryo yaqinidagi oʻrmonlarda istiqomat qiladi. Poligam, oilaviy guruh hosil qiladi. Har 2 yilda bir marta 3—4 tadan bolalaydi. Homiladorlik davri 4—5 oy, 6—7 yoshida voyaga yetadi, erkagidan 3 yoshda yol chiqadi. Arslon kechasi guruh boʻlib ov qiladi, yirik tuyoqli hayvonlarni ovlaydi. Qari va yarador arslon odamga ham hujum qilishi mumkin. 70 yilgacha yashaydi. Arslon hamma joyda muhofaza qilinadi; hind kenja turi (P. L. persica) Tabiatni muhofaza qilish xalqaro tashkilot Qizil kitobiga kiritilgan.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Havolalar tahrir




  1. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; no text was provided for refs named Linn1758