Askorbin kislota — vitamin C — kristall modda; skorbutga qarshi vitamin. Hayvonlarning buyrak usti bezlari, gipofizi va jigarida, ignabargli daraxtlar yaproklarida, ayniqsa hoʻl meva va sabzavotlarda koʻp. Bu vitamin issiqqa chidamsiz, yuqori temperaturada buziladi. Askorbin kislota organizmdagi oksidlanish va qaytarilish jarayonlarida qatnashadi. Uning ovqatda yetishmasligi qon tomirlarning shikastlanishi, qon oqishi bilan kechadigan lavsha (skorbut) kasalligiga sabab boʻladi. Tibbiyotda keng qoʻllaniladi (yana q. Vitaminlar)[1].

Askorbin kislotasining optik izomeri:
1a — L-askorbin kislota,
2a — L-izoaskorbin kislota,
1b — D-izoaskorbin kislota,
2b — D-askorbin kislota

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent 2000-yil

Havolalar tahrir