Astronomik Koordinatalar – ixtiyoriy yoritqichning osmon sferasidagi vaziyatini aniqlash uchun qoʻllaniladigan sistemalar. Sfera sirtidagi har qanday nuqtaning vaziyati asosiy deb qabul qilingan biror katta aylanada (markazdan oʻtuvchi) yotuvchi yey va unga nisbatan olingan perpendikulyar yey bilan toʻla aniqlanadi. Asosiy aylana tekisligiga markazdan oʻtuvchi perpendikulyar chizilsa, u bilan osmon sferasining Shimoliy yarim shari kesishgan nuqtani maxsus nuqta sifatida qabul qilib, bu nuqtadan va yoritqichdan yordamchi katta aylana oʻtkazish mumkin (sfera sirtida har qanday 2 ta nuqtadan faqat bitta katta aylana oʻtadi). Yordamchi va asosiy aylanalar kesishgan nuqta bilan yoritqich orasidagi yey aynan perpendikulyar hisoblanadi. Osmon sferasining qaysi aylanasi asosiy deb olinishiga qarab Astronomik koordinatalar sistemalari 4 turga boʻlinadi (rasmga q.): gorizontal, ekliptik, ekvatorial koordinatalarning 1-va 2-sistemalari.

ASTRONOMIK KOORDINATA-LAR – ixtiyoriy yoritkichning osmon sferasidagi vaziyatini aniqlash uchun qoʻllaniladigan sistemalar. Sfera sir-tidagi har qanday nuqtaning vaziyati asosiy deb qabul qilingan biror katta aylanada (markazdan oʻtuvchi) yotuvchi yoy va unga nisbatan olingan perpendikulyar yoy bilan toʻla aniqlanadi. Asosiy aylana tekisligiga markazdan oʻtuvchi perpen-dikulyar chizilsa, u bilan osmon sferasining Shimoliy yarim shari kesishgan nuqtani maxsus nuqta sifatida qabul qilib, bu nuqtadan va yoritqichdan yordamchi katta aylana oʻtkazish ekvotori mumkin (sfera sirtida har qanday 2 ta nuqtadan faqat bitta katta aylana oʻtadi). Yordamchi va asosiy aylanalar kesishgan nuqta bilan yoritqich orasidagi yey aynan perpendi-kulyar hisoblanadi. Osmon sferasining kaysi aylanasi asosiy deb olinishiga qarab Astronomik koordinatalar sistemalari 4 turga boʻlinadi: gorizontal, ekliptik, ekvatorial koor-dinatalarning 1-va 2-sistemalari.Karomat Mirtojiyeva.[1]

Gorizontal koordinatalar sistemasida asosiy aylana sifatida matematik gorizont va maxsus nuqta sifatida osmon sferasining zenit Znuqtasi olinadi. Yoritqich M va zenitdan oʻtkazilgan yordamchi katta aylana bilan gorizont kesishgan M, nuqtadan M gacha boʻlgan yoy, yaʼni uM,M=h –uning balandligi, uSM,=Aesa azimuti deyiladi. Baʼzan balandlik koordinatasi h oʻrniga zenit masofasi Z=uZM ham ishlatiladi. Gorizontal koordinatalar (Z; A) sistemasida 0°<t<360°,-9 0°<A<90o.

Ekvatorial koordinatalar 1-va 2-sistemalarida esa asosiy aylana sifatida osmon ekvatori olinib, maxsus nuqta sifatida olam qutbi R qaraladi. Natijada M va R nuqtalardan o`tgan yordamchi aylana bilan osmon ekvatori kesishgan M2 nuqta hosil bo`ladi. iM2M=6 – uning og`ishi, uQ`M2=t– yoritqichning soat burchagi deyiladi. Ekvatorial koordinatalar (t;S) 1-sistemasida 0°<t<360°, – 90°<6<90°. Ekvatorial koordinatalar 2-sistemasining 1-sidan farqi shuki, soat burchagi to`rniga yoritqichning to`g`ri chiqishi a=^guM2 olinadi. Bundau – bahorgi tengkunlik nuqtasi. Ushbu (a; 5) sistemada a vaqt birliklarida o`lchanib, 0h<a<24hbo`ladi.

Ekliptik koordinatalar sistemasida asosiy aylana sifatida ekliptika, maxsus nuqta sifatida ekliptika qutbi P olinadi. P va M dan o`tkazilgan yordamchi aylana bilan ekliptika kesishgan nuqgani M3 desak, iM3M=r – yoritqichning ekliptik kenglamasi va iuM3=A esa ekliptik uzunlamasi deyiladi. Ekliptik koordinatalar (A; R) sistemasida 0°≤λ≤360°,-90°≤β≤90° Karomat Mirtojiyeva[2].

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. O`zME. Birinchi jild. Toshkent 2000-yil

Havolalar tahrir

http://referat.arxiv.uz (Wayback Machine saytida 2019-11-28 sanasida arxivlangan)