Ateist Avtobus Kampaniyasi (ingl. Atheist Bus Campaign) Buyuk Britaniya avtobuslarida ateizm haqida ratsional va ijobiy eʼlonlar osishni maqsad qilgan kampaniyadir. Tashabbus muallifi Ariane Sherine buni avtobuslarda haddan oshiq boʻlgan xristian reklamalarga javoban qilishayotganini bildirishgan.[1] Kampaniya 2008-yilning 21-oktabrida Britan Gumanistlari Assotsiatsiyasi va professor Richard Dawkins yordami bilan boshlandi.[2] Kampaniyaning bosh maqsadi £5500 yig'ib, 2009-yil boshida London avtobuslariga "Aftidan Xudo yoʻq. Endi xavotirlanishdan toʻxta va hayotingdan zavqlan." (ingl. "There’s probably no God. Now stop worrying and enjoy your life.") degan shiorlar osish edi.

Ateist Avtobus Kampaniyasi reklamasini tashib yurgan London avtobusi.

Kampaniya aholisining 23 %i dinsiz[3] boʻlgan Buyuk Britaniyada yaxshi qarshilanib, toʻplangan xayriya miqdori £150 mingdan oshib ketdi[4] va boshqa mamlakatlarga, jumladan Ispaniya, Kanada, AQSh va Italiyaga ham oʻtib ketdi.

Manbalar tahrir

  1. I Can’t Think Up Yet Another Bus Pun Headline…, 2012-03-28da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2009-02-10
  2. The Bus Campaign
  3. Religion: 2001 census
  4. JustGiving

Havolalar tahrir