Avril Ramona Lavigne (talaffuzi: Avril Ramona Lavin; 1984-yil 27-sentyabrda tugʻilgan) — kanadalik qoʻshiqchi va qoʻshiqnavis.

Avril Lavigne

Lavigne 2019-yilda
Umumiy maʼlumot
Tavalludi Avril Ramona Lavigne
27-sentyabr 1984-yil (1984-09-27) (39 yosh)
Belleville, Ontario, Kanada
Fuqaroligi Kanada bayrogʻi Kanada
Fransiya bayrogʻi Fransiya[1][2]
Kasbi
  • Qoʻshiqchi
  • qoʻshiqnavis
Leybl
  • Arista
  • RCA
  • Epic
  • BMG
  • Avril Lavigne Music
  • DTA
  • Elektra
Turmush oʻrtogʻi
  • Deryck Whibley
    (turm. 2006; ajr. 2010)
  • Chad Kroeger
    (turm. 2013; ajr. 2015)
Janr
Faoliyat yillari 1999 — hozirgacha
Veb-sayt https://avrillavigne.com/
Imzosi

Uning oilasi franko-kanad kelib chiqishga ega; fransuzchasiga uning ismi Avril Lavin deb, inglizchasiga — Evril (yoki Avril) Lavin, deb talaffuz qilinadi. Avril soʻzi fransuzchadan „aprel“ deb tarjima qilinadi, la vigne — „uzum boshogʻi“ degan maʼnoni anglatadi.

Bolaligi va yoshligi tahrir

Avril Lavin Belvill shahri, Kanadaning Ontario provintsiyasida franko-kanad katoliklar Jon va Judi Lavinlarning oilasida dunyoga keladi. Besh yoshidan Lavin Napanee shaharchasida oʻsadi. U yerda cherkov horida qatnashadi, gitara chalishni oʻrganadi va kantri stilida qoʻshiq aytadi. Avrilning birinchi professional menejeri Kliff Fabri u bilan Kingstondagi Chapters nomli kitob doʻkonida Avril kantri qoʻshiqlarining kaverini aytayotganida tanishadi. „Lennox Community“ teatridagi spektaklda Avrilni kantri qoʻshiqchi Stiv Med koʻrib qoladi va uni oʻzining 1999-yilgi „Quinte Spirit“ albomi uchun „Touch The Sky“ (Osmonga tegmoq) ashulasini ijro etish uchun taklif qiladi. Uning isteʼdodidan taʼsirlanib, uni yana 2000-yilda chiqqan keyingi albomi „My Window To You“ uchun „Temple Of Life“ (Hayot xrami) va „Two Rivers“ (Ikki daryo) qoʻshiqlarini aytishga chaqiradi. Oʻn olti yoshida Avrilga Ken Krongard, Arista Recordsʼning vakilining nazari tushadi. U oʻzining boshligʻi Antonio Reyd (Antonio Reid)ga Avrilni Nyu-Yorkdagi studiyasida eshitib koʻrishni tavsiya etadi…

Faoliyati tahrir

2002—2003 tahrir

Ravshanki, Avril uchun qoʻshiq yozishning dastlabki harakatlari unga xursandchilik keltirmaydi va Lavin ohir-oqibat Los-Anjeles, Kaliforniyaga ketadi va oʻzining birinchi albomini Kliff Magness va „The Matrix“ kompaniyasi bilan yozishga kirishadi. Bu kompaniyaning avvalgi ishlari orasida Shina Iston (Sheena Easton) va Kristina Agilera (Christina Aguilera)ning qoʻshiqlari boʻladi.

Oqibatda, rok va pop musiqali „Let Go“ albomi paydo boʻladi. Avril kelajakda koʻproq rokka moʻljallangan taronalarni yozish hohlashini aytdi. „Let Go“ 2002-yil 4-iyunda chiqadi va qisqa vaqt ichida AQSH reytingida 2-oʻrinni, Avstraliya, Kanada va Buyuk Britaniya reytinglarida esa 1-oʻrinni qoʻlga kiritadi. Albom olti oydan kamroq vaqt ichida 4 marotaba platinaviylik unvoniga sazovor boʻladi. 2004-yil dekabrigacha butun dunyo boʻylab uning oʻn besh million nushasi sotilgan.

„Let Go“da 4ta singl bor va ularning hammasi hayratga soladi. „Complicated“ Avstraliyada birinchi raqam ostida boʻladi va AQSHning qaynoq yuztaligida ikkinchi oʻringacha yetib boradi. „Sk8er Boi“ taronasi AQSH va Avstraliyaning oʻntaligi ichiga kiradi, Kanadada esa birinchi oʻrinni egallaydi. „I’m With You“ AQSH eng yaxshi beshtalikka kiradi. „Losing Grip“ Kanadada birinchi raqamga yetib boradi, Tayvanda kuchli oʻntalikka, Chilida yigirmatalik ichiga kiradi.

Avril Lavigne 2002-yil oʻtkazilgan MTVning VMA (Video Music Awards) taqdimotida „Eng yaxshi yangilik“ unvonini qoʻlga kiritadi, 2003-yilda Juno Awardsʼning 6 nominatsiyasidan 4tasida gʻoliblik nashidasini suradi, World Music Awardsʼda Worldʼs Best-Selling Canadian Singer unvoniga sazovor boʻladi va ohir-oqibat Gremmining (Grammy Awards) 8ta nominatsiyasiga tavsiya etiladi.

2004—2007 tahrir

Avrilning ikkinchi albomi „Under My Skin“ 2004-yil 25-mayda chiqadi. Bu albom birinchisiga hech qaysi taraflardan yutkazmaydi va qator mamlakatlar, shu jumladan Buyuk Britaniya, AQSH, Kanada va Avstraliyada birinchi o?ringa chiqadi. Bu albomning asosiy qismini Avrilning o?zi yozgan.

Yetakchi singl, „Donʼt Tell Me“ Argentinada birinchi oʻrinni egallaydi, Buyuk Britaniya va Kanadada beshlik ichiga kiradi, Avstraliya va Braziliyada esa eng yaxshi oʻnlik tarkibiga kirgan. „My Happy Ending“ AQSHning kuchli oʻntaligiga kiradi. „Nobody’s Home“ va yakuniy singl „He Wasnʼt“ Kanadada birinchi raqam ostida hukm suradi.

Avril 2004-yili World Music Awardsʼda ikki marotaba Worldʼs Best Pop/Rock Artist va Worldʼs Best Selling Canadian Artist nominatsiyalarida gʻolib boʻlgan. U 2005-yilda Juno Awardʼning besh nominatsiyasini qoʻlga kiritadi, ulardan uchtasi Fan Choice Award, Artist of the Year va Pop Album of the Yearʼlar boʻladi. Shuningdek, u 18-har yilgi Nickelodeon Kidsʼ Choice Awardsʼda Favourite Female Singer unvoni bilan taqdirlanadi.

„Over the Hedge“ bu Avrilning multfilmlarga ovoz berishda debyutidir. U yerda u Uilyam Shatner, Bryus Uillis va Geri Shandling bilan birga ishlaydi. U Richard Girning „The Flock“ filmida ishtirok etadi va uning uchinchi proyekti sevimli kitobiga asoslangan „Fast Food Nation“ deb nomlanadi. U yerda u bosh rollardan birini ijro etadi.

2006-yil yanvarida Avril „Ford Models“ modellar agentligi bilan shartnoma tuzadi. Va fevralda u „Harpers Bazaar“ jurnalida chiqadi. Shuningdek, u 2006-yil Qishki Olimpiya Oʻyinlarining (Turin, Italiya) yopilishida 8 daqiqa davomida qoʻshiq kuylagan.

2007-yil aprelida Avrilning „The Best Damn Thing“ nomli uchinchi albomi chiqadi. „Girlfriend“ debyut singli uning karyerasi davomida ilk marotaba Billboard Hot 100ni birinchi oʻrniga chiqadi (bu 26-aprelda sodir boʻladi).

Mukofotlari tahrir

2002 tahrir

MTV Music Video Award: New Artist, Video Complicated.

MTV Music Video Award Latin: Best International New Artist.

World Music Awards: Best Canadian Pop/Rock Artist.

Grammy Awards: Song of the Year: Complicated — nominatsiya, Best Female Pop Vocal Performance: Complicated — nominatsiya, Best Pop Vocal Album: Let Go Nominated, Best Rock Vocal Performance — Female: Sk8er Boi — nominatsiya, Best New Artist — nominatsiya.

2003 tahrir

Juno Awards: Best Single: Complicated, Best New Artist, Best Pop Album: Let Go, Best Album of the Year: Let Go, Songwriter of the Year — nominatsiya, Fan-Choice Award — nominatsiya.

Ivor Novello Award: International Hit Of The Year: Complicated.

Radio Music Awards: Song of the Year (Modern Adult Contemporary Radio): Complicated.

Grammy Awards: Best Female Pop Vocal Performance — nominatsiya, Song of the Year — Songwriter: I’m With You (with The Matrix) — nominatsiya, Best Rock Vocal Performance Female: Losing Grip — nominatsiya.

American Music Awards: Favorite Pop/Rock Female Artist — nominatsiya.

2004 tahrir

World Music Awards: Best Pop/Rock Artist, Worldʼs Best Selling Canadian Artist,

MTV Video Music Awards Latin America, Best International Pop Artist.

Nickelodeon Kidsʼ Choice Awards: Favourite Female Singer.

Much Music Video Awards: Peopleʼs Choice Favourite Canadian Artist.

NRJ Music Awards: Best International Female Artist.

MTV Video Music Awards: Best Pop Video: Donʼt Tell Me — nominatsiya.

American Music Awards: Favorite Pop/Rock Female Artist — nominatsiya.

Juno Awards: Music DVD of the Year — nominatsiya, Juno Fan Choice Award — nominatsiya.

2005 tahrir

Juno Awards: Artist of the Year, Pop Album of the Year: Under My Skin, Fanʼs Choice Award, Songwriter of the Year — nominatsiya, Album of the Year — nominatsiya.

Manbalar tahrir

  1. Lavigne, Avril „Interview on NRJ Radio“ (2011-yil 9-fevral). — „I love France, in fact my father was born here, so I have applied for my French passport. I love this country so much that I am getting a French passport.“. 2014-yil 5-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 15-noyabr.
  2. Vallet, Stéphanie. „Avril Lavigne: francophone dans l'âme“. La Presse (2011-yil 22-oktyabr). 2013-yil 1-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 30-iyun.

Havolalar tahrir