Bernhard operatsiyasi — Ikkinchi jahon urushi paytida qalbaki funt sterlinglar va AQSh dollarlarini ommaviy tayyorlash boʻyicha faoliyat surgan mahfiy nemis operatsiyasi.

Tarix tahrir

Operatsiya SS shturmbannfyureri (sturmbannführer) Bernhard Krüger tomonidan boshqarilar edi. Krüger Zaksenhauzen (Sachsenhausen) va boshqa konslagerlarning mahbus-yahudiylari orasidan 142 gravyor, bosmachi, rassom va pul qalbakichilaridan jamoa tuzadi. Mahfiy ishlab chiqarish uchun Zaksenhauzenda ikkita alohida barak ajratiladi, u yerda ishda qatnashayotganlar uchun oddiy mahbuslarga qaraganda hayot uchun yaxshiroq sharoit yaratilgan edi. Ish 1942-yilda boshlanadi. Ishlab chiqarishni tashkillashtirish: bosma matritsalarini tayyorlash, kerak tarkibli qogʻozni, suv belgilarini tanlash, seriyaviy raqamlarni generatsiyalash algoritmini ochish uchun koʻp vaqt ketadi.

1943-yil oxiriga kelib, bir oyda tahminan bir million funt sterling ishlab chiqarilar edi. Qalbaki pullarning sifati juda yuqori edi — hatto bank mutaxassislari ham qiyinchilik bilan ularni ajrata olar edi. Boshida nemislar britan iqtisodiyotini destabillashtirish uchun samolyotlarda Britaniya ustidan qalbaki pullarni sochmoqchi boʻladilar, ammo 1943-yilga kelib Luftvaffening (Luftwaffe) bunday imkoniyatlari qolmaydi. Shuning uchun nemislar qalbaki pullarni muhim importni toʻlash va olmon aygʻoqchilik agentlari ishini ragʻbatlantirishda foydalanadilar. Urush oxiriga kelib umumiy miqdorda £134 610 810 lik 8 965 080 ta qogʻoz pullar tayyorlanadi.

Urush oxirlashiga yaqin AQSh dollarlarini ishlab chiqarish ham kashf qilinadi, ammo uni keng koʻlamga yoyishga ulgurmaydilar. 1945-yil aprelida sovet qoʻshinlari Zaksenhauzenga yaqinlashgani sababli asbob-uskunalar va mahbus-pul qalbakichilar Mauthauzen (KZ Mauthausen)ga evakuatsiya qilanadi. 1945-yil may boshida ularni Ebenzee (Ebensee) ostlageriga olib bora boshlashadi, u yerda ular yoʻq qilinishi koʻzda tutiladi, ammo bunga ulgurilmaydi, chunki 5-mayda mahbuslar Amerika qoʻshinlari tomonidan ozod etiladi. Qolgan qogʻoz pullarning bir qismi Ebenzee yaqinidagi Toplis koʻlida choʻktiriladi.

Urushdan soʻng bu tarix keng yoritilinmadi, chunki britaniyaliklar oʻz valyutalariga boʻlgan ishonchni soʻnishidan qoʻrqdilar. Almashinuvga kiritilgan qalbaki pullarning koʻpligidan (ular almashinuvdagi banknotalarning 15%ini tashkil qilar edi) Angliya banki pul munosabatlaridan qiymati £5 dan koʻproq boʻlgan pul qogʻozlarni chiqarib tashlashga majbur boʻldi.

Urushdan soʻng Bernhard Krüger ikki yil britaniyaliklar qoʻlida va bir yil fransuzlar qoʻlida qamoqda edi. Keyinchalik u qogʻoz ishlab chiqarish bilan shugʻullanuvchi korxonada ishlaydi va 1989-yili vafot etadi.

Operatsiyada ishtirokchilaridan biri chex Adolf Burger u haqida kitob yozadi. 2007-yilda bu kitob boʻyicha "Pul qalbakichilari" nomli avstro-nemis filmi suratga olinadi. Ushbu film 2008-yilda oʻtkazilgan 80nchi Oskar mukofotini topshirish marosimida "Xorij tilidagi eng yaxshi film" nomzodligida gʻalaba qozondi.

Havolalar tahrir