Blaise Pascal (talaffuzi: blɛz paskal; 19-iyun 1623 – 19-avgust 1662) fransuz matematigi, fizigi, ixtirochisi, adibi va faylasufi boʻlgan. "Konus kesimlar nazariyasining tajribasi" nomli asarida (1639) proyektiv geometriyaning asosiy teoremalaridan biri — Paskal teoremasini isbotlagan (qarang: Ikkilik prinsipi), 1641-yil jamlash mashinasini qurgan. Arifmetika, sonlar nazariyasi, algebra, ehtimollar nazariyasi, proyektiv geometriya va boshqa sohalarga oid ishlari muhim. P. birinchi marta matematik induksiya usulini qoʻllagan, Sharq matematiklaridan mus-taqil holda binomial koeffitsiyentlarni hisoblash usulini topgan (qarang: Arifmetik uchburchak). P. qoʻllagan yuza va hajmlarni hisoblash usullari differensial hamda integral hisoblar yaratilishida asos boʻldi. P. gidrostatika asoschilaridan biri, 1648-yil atm bosimi mavjudligini isbotlaydigan taj-riba oʻtkazgan. Paskal qonunini asoslagan.

Blaise Pascal
Tavalludi 19-iyun 1623-yil
Clermont-Ferrand, Fransiya
Vafoti 19-avgust 1662-yil(1662-08-19)
(39 yoshda)
Parij, Fransiya
Fuqaroligi Kingdom of France[1]
Koʻrsatgan taʼsirlari Avliyo Augustine, Michel de Montaigne, Descartes, Cornelius Jansen, Epictetus
Olgan taʼsirlari Antoine Arnauld, Pierre Duhem, William James, Henri Bergson
Otasi Étienne Pascal[1]
Onasi Antoinette Begon

P. falsafiy qarashlari bilan ratsionalizm va skeptitsizm orasida ikkilanib turgan. Uning "provinsialga xatlar" asari fransuz prozasi va te-atrida muhim oʻrin tutadi. P. fransuz klassik prozasining shakllanishiga katta hissa qoʻshgan.[2]

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 (unspecified title)
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil



Havolalar tahrir