Bolgʻa — zarb berish uchun ishlatiladigan dastaki qurol. Kallak va dastadan iborat. Bolgʻa kallagi, odatda, uglerod (0,4—0,6%S) li poʻlatdan, dastasi asosan yogʻochdan yasaladi. Kallakning har ikki tomoni toblanadi. Bolgʻalarning turli xillari.,mas, yogʻoch Bolgʻa, yumshoq muhrali Bolgʻa, tepmaydigan (urganda sakrab ketmaydigan) Bolgʻa, xavfsiz (zarb paytda detalni berkitib turuvchi) Bolgʻa bor (rasm). Miskarlikda: 1) xoyis (xoyisk) yoki xoyischorsi Bolgʻa — misni yupqalashda; 2) xoyis bagʻal, kapchin yoki chambar Bolgʻa — misni yoyibyigʻishda; 3) nimchorsi Bolgʻa — misda qolgan izlarni ketkazishda; 4) yumaloq Bolgʻa — mis idishlarning ichki tomoniga ishlov berishda; 5) teruv Bolgʻa — mis idishlarning yuzini silliklashda ishlatiladi. Temirchilik, taqachilik va pichoqchilikda: 1) metin Bolgʻa — ketmon qirgʻogʻidan yelka chiqarishda; 2) dasxoyis Bolgʻa — temirchi, taqachi va pichoqchilar bosqonchi bilan birga ishlaganda; 3) teruv Bolgʻa — ketmonning orqaoldini, taqaning yuzini tekislashda; 4) dusara Bolgʻa — ketmon zoʻgʻatasining chetini qaytarishda; 5) barchinxoyis Bolgʻa — kushpichoq yasashda ishlatiladi va b. Texnikada metallga zarb bilan ishlov (shakl) beradigan asbob. Temirchilikshtamplashda ishlatiladi. Bugʻhavo, pnevmatik, mexanik va gidravlik yuritmali, elektr turlari bor (yana qarang Bolgʻalash mashinasi, Bosqon).[1]

Manbalar tahrir

  1. "Bolgʻa" OʻzME. B-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil