Bugungi tanlangan maqola
Britaniya imperiyasi (ingl. British Empire) — odam yashaydigan barcha qitʼalarda koloniyalari mavjud boʻlgan insoniyat tarixidagi eng yirik davlat. XX-asrning 30-yillariga kelib Britaniya imperiyasi yer sharining qariyb toʻrtdan birini, yaʼni, 41,2 mln. km² (shundan 8 mln.i aholi yashamaydigan yerlar) maydonni egallagan. Imperiyaning hech boʻlmagan bitta koloniyasida quyosh nur sochib turganligi sababli Britaniya imperiyasini „Quyosh botmaydigan imperiya“ deb atashgan. Imperiya aholisining soni esa 480 mln. kishiga, yaʼni oʻsha paytdagi yer shari aholisining choragiga teng boʻlgan. Aynan Pax Britannica natijasi sababli ingliz tili transport va savdo sohasidagi boshqa tillar orasida yetakchi til hisoblanadi. (Davomi...)
Yangiliklar
- Daniyalik Emmelie de Forest (tasvirda) Eurovision qoʻshiq tanlovida gʻolib chiqdi.
- Ispancha Vikipediya maqolalari soni 1 milliondan oshdi.
- Oʻzbek shoiri, yozuvchi Omon Muxtor vafot etdi.
- Ruscha Vikipediya maqolalari soni 1 milliondan oshdi.
- Eronda 7,8 magnitudali zilzila boʻldi.
- Boston shahridagi marafon portlashlarida uch kishi halok boʻldi.
Isfana (qirgʻ. Исфана; rus. Исфана) — Qirgʻizistonning Botken viloyati gʻarbiy chekkasida joylashgan shahar. Isfana Fargʻona vodiysining gʻarbiy chekkasida, uch tomondan Tojikiston bilan chegaradosh hudud ichida joylashgan. Isfana va uning atrofida joylashgan qishloqlar Qirgʻizistonning boshqa shahar-qishloqlaridan uzilib qolgan.
Isfana Laylak tumanining administrativ markazidir. Mirzapochcha, Samat, Chimgen, Oqbuloq, Taylon va Gʻoʻlva qishloqlari ham Isfana shahar boshqarmasiga qaraydi. Isfananing rasmiy veb-sahifasida berilgan maʼlumotga koʻra, Isfana va unga qarashli qishloqlarning umumiy aholisi 28,085 kishidir. Shaharning oʻzida boʻlsa taxminan 18,200 kishi istiqomat qiladi. (Davomi...)
Boshqa tilda oʻqish
Choose oʻzbekcha variant
This page is available in 41 languages
- Azərbaycanca
- العربية
- Башҡортса
- Беларуская
- Български
- Чӑвашла
- Dansk
- Deutsch
- Ελληνικά
- English
- Español
- Eesti
- فارسی
- Français
- עברית
- Bahasa Indonesia
- Italiano
- 日本語
- ქართული
- Қазақша
- Кыргызча
- 한국어
- Lietuvių
- Latviešu
- Հայերեն
- Монгол
- Nederlands
- Norsk bokmål
- Polski
- Português
- Română
- Русский
- Simple English
- Suomi
- Svenska
- Türkmençe
- Türkçe
- Татарча/tatarça
- Тоҷикӣ
- ئۇيغۇرچە / Uyghurche
- 中文