CRM (inglizcha: Customer Relationship Management) bu haridor aloqalari boshqaruvi/

Rivojlangan mamlakatlarda keng qo`llaniladi. Har bir firma, korxona o`z haridorlari bilan doimiy aloqa saqlab qolish uchun kerakli ishlarni amalga oshiradi.

Turlari: tahrir

CRM da ABC Analiz ham muhim o`rin tutadi.

CRM – bu shunday qulay vositaki mijozlar yoki hamkorlar bilan aloqa ma’lumotlarini saqlashga, sotish imkoniyatlarini aniqlashga, xizmat ko’rsatishdagi muammolarni aniqlashga va marketing kompaniyalarini boshqarishga imkon beradi.[1]

Vazifasi tahrir

CRM tizimlar biznesdagi deyarli barcha vazifalarni hal qilishga imkon beradigan keng funktsional imkoniyatlarga ega. Misol uchun:

Sotuvda tahrir

  • Kompaniyaga barcha murojaatlarni turli xil aloqa kanallari orqali saqlab olish;
  • Mijozlar bazasini, shu jumladan potentsial haridorlarni saqlab borish;
  • Barcha operatsiyalar bo'yicha ma'lumotlarni saqlab borish (bosqich nomi, loyiha bilan ishlayotgan xodim va boshqalar);
  • Ishlash mudatti va vazifalar uchun vaqt taqsimoti;
  • Hodim ishini kuzatib borish.

Boshqaruv tahrir

  • Hodimlar bazasini saqlash;
  • Ish bajarilishini kuzatib borish;
  • Vazifalarni taqsimlash;
  • Hodim ishini baholash.

Moliya tahrir

  • Barcha kirim va chiqimlar bo'yicha ma'lumotlarni yig'ib borish;
  • Siz hamkorlikni kengaytirishingiz mumkin bo'lgan istiqbolli mijozlarni aniqlash uchun mijozlarni tahlil qilish.

Marketing tahrir

  • Marketing ma'lumotlarini yig'ish va tahlil qilish;
  • Turli manbaalarda reklama samaradorligini baholash;
  • Har bir segmentni baholash bilan iste'molchilarni guruhlash.

Manbalar tahrir