Cherkovxristian dinining urf-odatlari va ibodatlari uchun barpo etilgan imorat. Xristian dinining koʻp asrlik rivojlanish tarixida har bir xalqda har turli cherkov turlari shakillangan. Umumiy cherkovga oʻrtoq belgi Sharqqa yoʻnaltirilgan mixrabli qismi va unga qo'shimcha ibodat qiluvchilarga atalgan xonasi boʻladi. Cherkov undan boʻlak Kapella, Kripta, Pridel, Trapeznaya va boshqa boʻlaklardan tashkil topgan. Shaharning bosh cherkovi „Sobor“ deb ataladi. Lyuteranli cherkov — kirxa, polyaklarda katolik cherkovi — kastel deb ataladi.

Sankt-Peterburgdagi Nikolay sulolasining cherkovi
Alekseyevskiy cherkovi (Guliston)

Cherkov (yunoncha. kyriake — xudoning uyi) — 1) xristianlikdati maxsus diniy tashkilot. Oʻz diniy aqidalari va marosimlari tizimiga ega. Cherkov iyerarxik tarzda boshqariladi. Cherkovga mansub kishilar ruhoniylar va oddiy dindorlarga boʻlinadi. Xristianlik cherkovni "Isonning ilohiy tanasi", unga eʼtiqod qiluvchilar shu tana aʼzolaridir, Iso esa shu tananing boshi deb taʼlim beradi. Cherkov dindorlar uyushmasi bo'lib, sirli marosimlar (xususan, non va vino totish marosimi)da inson bilan xudoning birgalikdagi ishtiroki orqali ularning birlashib ketishi amalga oshiriladi, deb tasavvur qilinadi. Yirik xristian cherkovlari — pravoslav cherkovi (qarang: Pravoslaviye), katolik cherkovi (qarang Katolitsizm), protestant cherkovi (qarang Protestantizm) va boshqa; 2) xristian dinida ibodat qilish uchun maxsus qurilgan bino. U mehrobli qism va unga tutash zal — dindorlar ibodatga tuplanadigan xonadan iborat. Turli xalqlarda cherkov binolarining turli tiplari vujudga kelgan. Shahar yoki monastirning bosh cherkovi sobor deb ataladi. Lyuterchilar cherkovi, odatda, kirka yoki kirxa, polyak katolik cherkovi kostyol deyiladi. Oʻzbekistonda 160 ta xristian cherkovi faoliyat ko'rsatadi (2004-yil).