Dido (talaffuzi: Daydo; Florian Cloud de Bounevialle Armstrong[4] (talaffuzi: Florian Klu de Bunevial Armstrong); 1971-yil 25-dekabrda tugʻilgan) ingliz qoʻshiqchisi va qoʻshiqnavisidir. Taxallusini Vergiliyning „Eneida“sida koʻklarga koʻtarilgan Karfagenning asoschisi asotir-malikaning ismi „Didona“dan olgan. 1999-yilda No Angel nomli ilk albomini chiqardi. Bu albom unga xalqaro miqyosda shuhrat olib keldi, umumjahon boʻylab 21 million nusxada sotildi.[5] Albomning „Here with Me“ va „Thank You“ ashulalari hit boʻldi. Bundan tashqari, albom koʻplab yutuqlarga, jumladan ikki marta Brit Awards va bir marta MTV Europe Music Awardga loyiq koʻrildi. Ikkinchi albomi — Life for Rent boʻlib, 2003-yilda chiqarildi. Albomning „White Flag“ va „Life for Rent“ ashulalari hit boʻldi.

Dido

Dido 2019-yilda
Umumiy maʼlumot
Tavalludi Florian Cloud de Bounevialle Armstrong
25-dekabr 1971-yil (1971-12-25) (52 yosh)
Fuqaroligi Buyuk Britaniya bayrogʻi Birlashgan Qirollik
Janr
Faoliyat yillari 1995 – hozirgacha
Veb-sayt DidoMusic.com

Didoning ilk ikki albomi 2000-yillarda Birlashgan Qirollikda eng koʻp sotilgan musiqiy albomlar safidan oʻrin oldi.[6] Dido 2008-yilda Safe Trip Home nomli uchinchi studiyaviy albomini ommaga havola etdi. Albom tanqidchilar tomonidan xush qarshilandi, ammo tijoriy jihatdan avvalgi albomlaridek muvaffaqiyat qozonmadi. Dido „If I Rise“ ashulasi uchun Oscarga nomzod boʻldi,[7] 2019-yilning mayida esa Ivor Novello mukofotini oldi.[8]

Diskografiyasi tahrir

Albomlar tahrir

Yil Nom Chart pogʻonalari Sotuvlar/Sertifikatsiya
Birlashgan Qirollik Fransiya Germaniya Avstraliya AQSH Kanada
1995 Odds & Ends
  • Demo
  • Reliz: 1995
Maʼlum emas
1999 No Angel
1
1
1
1
4
4
Sotuvlar: 12 million
IFPI sertifikatsiyasi: 5x platinaviy
RIAA sertifikatsiyasi: 4x platinaviy
BPI sertifikatsiyasi: 10x platinaviy
2003 Life for Rent
1
1
1
1
4
2
Sotuvlar: 10 million
IFPI sertifikatsiyasi: 5x platinaviy
RIAA sertifikatsiyasi: 2x platinaviy
BPI sertifikatsiyasi: 9x platinaviy

Singllar tahrir

Yil Qoʻshiq Birlashgan Qirollik AQSH AQSH Raqs charti AQSH Adult Kanada Avstraliya Yangi Zelandiya Braziliya Fransiya Albom
2000 "Stan" (Eminem feat. Dido) 1 51 1 1 14 33 The Marshall Mathers LP
2001 "Here with Me" 4 58 3 4 No Angel
"Thank You" 3 3 1 1 22 3 1 30
"Hunter" 17 9 50 28 16 45
"All You Want"
"Donʼt Think of Me" (faqat AQSH radiosi uchun)
2002 "My Lover’s Gone" (faqat Braziliya uchun) 1
"Take My Hand" (faqat AQSH radiosi uchun) 1
"One Step Too Far" (Faithless feat. Dido) 6 4 21 Outrospective
2003 "Feels like Fire" (Santana feat. Dido) 26 Shaman
"White Flag" 2 18 9 2 30 1 12 5 Life for Rent
"Stoned" 1
"Life for Rent" 8 28 17 24
2004 "Donʼt Leave Home" 25
"Sand in My Shoes" 29 1 37

DVDlar tahrir

  • „Here with Me/Thank You (Akustik)“ — DVD singl (2001)
  • „White Flag/Life for Rent“ — DVD singl (2004)
  • Dido: Live/Dido: Live at Brixton Academy — CD+DVD (iyun, 2005)

Manbalar tahrir

  1. Jason Ankeny. Dido AllMusicda. Retrieved March 3, 2019.
  2. 2,0 2,1 Jones, Tim (May 2013). „DIDO Girl Who Came Back“. Record Collector. № 414. 5 October 2016da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 3 October 2016.
  3. Seymour, Craig (22 December 2000). „Eminem's "Stan" is EW's single of the year“. Entertainment Weekly. 24 September 2015da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 4 July 2015.
  4. Sharon Osbourne interviews Dido. The Sharon Osbourne Show. „It's Dido Florian Cloud de Bounevialle O'Malley Armstrong“
  5. Peter Paphides.. „Music to watch girls by“. London: Times Newspapers, Ltd. (2005-yil 25-mart). 2011-yil 17-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 15-may. „she didn't know she was going to sell 21 million copies of her first album“.
  6. „The 20 Biggest Selling Albums of the 21st century“. Music Week. 2011-yil 20-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 19-avgust.
  7. „83rd Academy Award nominees“. Academy of Motion Picture Arts and Sciences. 2011-yil 25-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 16-yanvar.
  8. „The Bittersweet Symphony dispute is over“. BBC. Qaraldi: 2019-yil 23-may.

Havolalar tahrir