Dinamo (futbol klubi, Samarqand)

(Dinamo Samarqand futbol klubidan yoʻnaltirildi)

Dinamo (Samarqand) (English: FC Dinamo Samarqand, Tajik: Dastai Futboli Dinamo Samarqand) – futbol klubi, Oʻzbekiston Super Ligasi vakili. Dinamo Samarqand Professional Futbol Klubi hozirda Oʻzbekiston Super Ligasida qatnashadi.

FC Dinamo Samarqand
Toʻliq nomi Dinamo Samarqand futbol klubi
Laqabi The Lions (Oʻzbekcha: Sherlar)
Arslonlar
Dinamochilar
Asos solingan 1960 (64 yil avval) (1960)
Stadioni Dinamo stadioni
Sigʻimi 13,800
President Oʻzbekiston Akbar Shukurov
Bosh murabbiy Oʻzbekiston Vadim Abramov
Liga Oʻzbekiston Superligasi
Oʻrni 13
Vebsayti Klub sayti
Amaldagi mavsum

Jamoa tarixi tahrir

Jamoaning vujudga kelishi tahrir

Maʼlumotlarga qaraganda, 1958-yilda Samarqandda barpo etilgan bir necha zavodning ishchilari birlashib shahardagi dastlabki jamoani tuzishgan. Ushbu yangi jamoa dastlab havaskorlardan tashkil topgan boʻlib, 1960-yili Samarqandda tashkil etilgan. Shu yilning oʻzida esa Samarqand shahar rahbarlari, futbol mutasaddilarining jonkuyarligi, koʻrsatgan jonbozliklari evaziga jamoa tashkil etildi.

Jamoaning hozirgi nomiga bogʻliq maʼlumotlarga oʻtadigan boʻlsak, „Dinamo“ sobiq ittifoq davrida koʻngilli sport jamiyati nomi edi. Yoshi katta muxlislar yaxshi eslashadi, sobiq ittifoq chempionatida shu nom ostida koʻplab jamoalar toʻp surishgan. Xususan, oliy liganing oʻzida Kiyev, Moskva, Minsk va Tbilisi shaharlarining shu nomdagi klublari ishtirok etishardi.

Jamoa nomlari tarixi tahrir

Klub tashkil topganida yarim professional maqomiga ega edi, 2009-yildan jamoa Professional Futbol Klubi maqomini oldi. Jamoa nomlari bir-necha marotaba oʻzgargan. 2009-yili klub oʻzining tarixiy ismini qaytardi „Dinamo Samarqand“

  • 1960–1963: Dinamo Samarqand
  • 1963–1967: Spartak Samarqand
  • 1967–1968: Soʻgʻdiyona Samarqand
  • 1968–1970: FK Samarqand
  • 1970–1976: Stroitel Samarqand
  • 1976–1991: Dinamo Samarqand
  • 1991–1993: Maroqand Samarqand
  • 1993–1997: Dinamo Samarqand
  • 1997–1998: Afrosiyob Samarqand
  • 1998–2000: FK Samarqand
  • 2000–2008: FK Samarqand-Dinamo
  • 2008–present: FK Dinamo Samarqand

SSSR Chempionatlarida tahrir

Jamoa tashkil etilgach, dastlab turli xil turnirlarda ishtirok etish bilan kifoyalandi. Dastlab jamoas SSSR 2-ligasida qatnashgan. 1968-yili SSSR 2-Ligasida (Oʻrta Sharq Mintaqasi)dan sovrindorlar qatoridan joy olib, 2-Liganing asosiy turniriga yoʻllanmani qoʻlga kiritgan. Qator turnirlardagi kichik gʻalabalardan soʻng, futbolchilar jamoa tarkibidan muqim oʻrin egallashdi. Koʻp oʻtmay, klub Sobiq Ittifoq „B“ toifasidagi musobaqasida oʻz ishtirokini boshladi va 1964-yilga kelib „Dinamo“ turnirda 6 oʻrinni egalladi.

Samarqandliklar 1966-yilda oʻzining dastlabki xalqaro oʻyinida Fransiya jamoasi bilan Samarqanda oʻyin oʻtkazib 1:1 hisobini qayd etgan.

1968-yilda esa „Dinamo“ Mugʻuliston Qurolli kuchlari terma jamoasini qabul qilgan. Shiddatli kechgan oʻyinda dinamochilar mugʻullarni 2:1 hisobida dogʻda qoldirishgan.

Jamoa 1970-yillardan boshlab, jamoa nomi „Stroitel“ deya oʻzgartirilgan. 1970-yildan 1975-yilgacha „Stroitel“ deya yuritilgan. 1973-yilda esa bu jamoa Respublika chempionligini qoʻlga kiritdi.

1976-yilda samarqandlik futbolchilar Bolgariya jamoasini qabul qildilar. 1978-yilda esa Samarqand jamoasi Vengriya Futbol Federatsiyasining taklifiga koʻra, Vengriyada „Valan“ jamoasi mehmoni boʻlib qaytdi. Vengriyadagi oʻyinda doʻstlik gʻalaba qozongan, 2:2.

1979-yildan esa „Dinamo“ nomi yana tiklandi. Aynan oʻsha mavsumda jamoa Ittifoq birinchiligida 24 jamoa ichida faxrli 7-oʻrinni egalladi.

1980-yilda „Dinamo“ rahbariyati, jamoani xorijda oʻrtoqlik uchrashuvlarini oʻtkazish uchun Vyetnam davlatiga safar etdi. Xorijdagi oʻtkazilgan 5 ta oʻrtoqlik bahslarining 4 tasida samarqandliklar gʻalaba qozonishdi, bir uchrashuvda durang qayd etildi.

Shu yili jamoa sobiq Ittifoq chempionatining ikkinchi ligasida oʻz ishtirokini boshladi. Bu ligada Samarqandning „Dinamo“ jamoasi bir necha marotaba yuqori oʻrinlar uchun kurash olib bordi.

1978-yilda Samarqand futboli oʻzining eng iqtidorli futbolchilaridan biri – Sirojiddin Bozorovni mamlakatning bosh jamoasi Toshkentning „Paxtakor“ klubi uchun yetishtirib berdi.

80-90-yillar esa „Dinamo“ning sobiq Ittifoq ikkinchi ligasidagi eng muvaffaqiyatli ishtirokiga toʻgʻri keladi. Aynan oʻsha yillarda dinamochilar Kubok bahslarida chorak finalga qadar yetib kelishgan, ammo Samarqanddagi oʻtkazilgan oʻyinda, oʻsha davrlarda ancha kuchli tarkibga ega boʻlgan Litvaning „Jalgris“ futbolchilarga kichik hisobda imkoniyatni boy berishgan. Bu oʻyinda „Dinamo“ stadioni toʻlib toshganligi va oʻyinda samarqandliklar ustunlik qilganliklari haqida, jamoaning faxriy muxlislari hali hamon katta faxr bilan taʼkidlashadi.

SSSR chempionati natijalari tahrir

Mavsum Liga SSSR Kubogi Eng Yaxshi toʻpurar Murabbiy
Liga O'R O' G' D M UG O'G O Ism Liga
1960 3st 16 30 4 8 18 30 78 16   Yuriy Mamedov 6   Artyom Vartazarov
1961 3st 15 30 5 8 17 39 76 18   Vitaliy Nikitin 4   Artyom Vartazarov
1962 nomaʼlum sabablarga koʻra ishtirok etmadi
1963 3st 12 28 7 9 12 25 42 23   Ruben Shohnazarov 5   Anatoliy Morozov

  Saveliy Safronov

1964 3st 6 32 12 13 7 31 23 37   Rashid Mamedov 10   Saveliy Safronov

  Ruslanbek Dzasoxov

1965 3st 15 38 12 9 17 43 65 33     Ruslanbek Dzasoxov

  Yuriy Yusupov

1966 3st 14 36 9 10 17 25 32 28    
1967 3st 4 42 16 17 9 40 32 49    
1968 3st 3 42 19 16 7 55 38 54    
1969 3st 2 46 23 15 8 70 37 61    
1970 3st 11 32 7 11 14 35 40 25    
1971—1975 Futbol bo‘yicha O‘zbekiston SSR chempionatida ishtirok etgan
1976 3st 19 40 14 5 21 38 49 33   Anatoliy Melixov 10   Viktor Orlov
1977 3st 15 40 13 10 17 50 51 36   Aleksand Mosesov 13   Sergey Budagov
1978 3st 19 44 12 10 22 46 69 34   Sergey Grigorovich 19   Yakov Kaprov
1979 3st 7 46 21 10 15 59 39 52   Sergey Grigorovich 18   Bahodir Ibrohimov

  Vitaliy Krasnoshyokov

1980 3st 1 36 26 4 6 80 38 56   Erkin Vohidov 17   Birodar Abduraimov
1981 3st 2 40 27 7 6 76 33 61   Sergey Xrulyov 17   Pyotr Shubin
1982 3st 1 36 25 6 5 63 19 56   Erkin Vohidov

  Sharif Fayziev

15   Vladimir Desyatchikov
1983 3st 3 40 22 8 10 70 45 52   Sergey Grigorovich 21   Vladimir Desyatchikov
1984 3st 1 38 21 13 4 67 39 55   Gennadiy Ichevskiy 26   Vladimir Desyatchikov
1985 3st 4 32 16 8 8 47 27 40   Gennadiy Ichevskiy 12   Aleksand Mosesov

  Nikolay Kiselyov

1986 3st 3 36 20 9 7 63 31 49   Gennadiy Ichevskiy

  Vladimir Gurmushov

12   Nikolay Kiselyov
1987 3st 4 36 18 8 10 56 43 44   Vladimir Gurmushov 12   Aleksandr Ivankov
1988 3st 14 36 13 5 18 46 60 31   Mixail Fomin

  Sergey Yurin

8   Aleksandr Ivankov
1989 3st 13 40 15 9 16 53 52 39   Olim Tillayev 16   Vladimir Fedin
1990 4st 4 38 19 7 12 67 39 45   Sharif Fayziev 12   Shavkat Ahmerov

  Yuriy Mamedov

1991 4st 8 50 25 8 17 92 69 58   Hamza Jabborov 17   Rustam Istamov

Oʻzbekiston Chempionatlarida tahrir

Mustaqil Oʻzbekistonda klub uzoq vaqtdan beri Oʻzbekiston Oliy ligasining doimiy ishtirokchilaridan biri boʻlgan. (2018-yildan buyon Oʻzbekiston Superligasi deb yuritiladi). 20-asrning oxirgi yillarida va soʻnggi vaqtlarda (1994, 1998, 2016, 2018, 2020, 2021, 2023) Birinchi ligada (2018-yildan buyon Oʻzbekiston Pro ligasi deb ataladi) oʻynagan.

1992-yilda SSSR parchalanganidan soʻng klub nomi „Maroqand“ga oʻzgartirilgan va Oʻzbekiston chempionati Oliy ligasining dastlabki, 1-mavasumida ishtirok etgan. „Maroqand“ jamoasi debyut mavsumida 17 jamoa orasida 10-oʻrinni egallagan, Oʻzbekiston Kubogida esa yarim final bosqichiga qadar yetib borgan. 1993-yilda klub oʻzining „Dinamo“ nomini qaytardi. Ammo jamoa oxirgi, 16-oʻrinni egallab, Oʻzbekiston chempionatining Birinchi ligasiga tushib ketdi. Oʻsha yili Oʻzbekiston kubogining 1/4 final bosqichida toʻxtadi. „Dinamo“ 1994-yilgi mavsumni Birinchi ligada oʻtkazgan va 2-oʻrinni egalab Oliy ligaga qaytgan. 1997-yilda jamoa yana muvaffaqiyatsiz oʻyinlari sababli 15-oʻrinni egalladi va Birinchi ligaga tushib ketgan. 1997-yil 2-yarmidan 1998-yil oxirigacha klub „Afrosiyob“ nomi ostida musoboqalarda ishtirok etgan. 1998-yilgi mavsumda jamoa Birinchi ligada 2-oʻrinni egalladi va yana Oliy liga yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan.

1994 va 1998-yillar „Dinamo“ uchun omadsiz kelgan. Jamoa mavsum yakuniga koʻra, birinchi ligaga ravona boʻlgan.

 
Dinamo klubi 2013-yilgi mavsumda

1996-1997-yillarda jamoa „Afrosiyob“ nomi bilan Oliy liga bahslarida ishtirok etdi.

1998-yil oxirida klub nomi Samarqand deb oʻzgartirildi (2000-yilgacha). 1999-yil Oliy ligaga qaytgan mavsumida 5-oʻrinda yakunlagan. 2000-yilda jamoa tarixidagi eng yuqori yutuqlarini qoʻlga kiritdi. Oliy ligada 4-oʻrin va 1999/2000-yilgi Oʻzbekiston kubogi finaliga chiqdi, unda Samarqand klubi Toshkent viloyatining „ Doʻstlik“ jamoasiga 1:4 hisobida magʻlub boʻldi. 2000-yil oxirida jamoa nomi „Samarqand-Dinamo“ deb oʻzgartirildi va 2008-yil oxirigacha saqlanib qoldi. 2001-yilgi mavsumdan boshlab klub katta muvaffaqiyatlarga erisha olmadi va Oliy ligada oʻrta dehqonlardan biriga aylandi.

1999-yilda „Dinamo“ Oliy ligaga qaytgach, jamoa bosh murabbiyi etib rahmatli Mahmud Rahimov tayinlandi. Ushbu mutaxasis faoliyatining dastlabki yilida katta hajmdagi seleksiya ishlarini olib bordi va mavsumni kuchli beshlikda yakunladi.

2000-yilning 3-fevralida jamoa nomi „Samarqand-Dinamo“ deya yuritila boshlandi. Samarqandliklar uchun eng omadli mavsum sifatada yodda qolgan 1999-2000-yillarda jamoa chempionat davomida ajoyib oʻyinlarini koʻrsatib, muxlislar olqishiga sabab boʻldi. Oʻsha yili jamoa tarkibi ancha kuchli koʻrinish olgandi. Darvozada Yevgeniy Safonov, himoyachilar Davron Fayziyev, Rahmatullo Fuzaylov, yarim himoyada Ilhom Sharipov, yosh Gladkovlar, Umid Abdurahmonov, Elshan Gambarov, hujumda Ravshan Bozorov, Muhsin Muhammadiyev Jaʼfar Irismetovlar harakat qilishardi.

Aynan oʻsha mavsumda jamoa tarixidagi koʻpgina rekordlar yangilandi. Oʻsha mavsumda samarqandlik futbolchilarning chempionatdagi eng asosiy raqobatchilari „Doʻstlik“ jamoasi edi. Oliy liga oʻyini doirasidagi Samarqandda oʻtkazilgan bahsda „Dinamo“ oʻyingohida 30000 muxlis yigʻilgan va futbolchilar suyukli muxlislariga 6:3 hisobidagi ajoyib sovgʻani hozirlashgandi.

Jamoaning Oliy liga tarixidagi eng yirik gʻalabasi ham aynan 2000-yilgi mavsumda kuzatilgan. Oʻz maydonida oʻtkazilgan uchrashuvda mezbonlar Angrenning „Semurgʻ“ futbolchilari ustidan 8:0 hisobida zafar quchishgan.

2000-yilgi mavsumda samarqandliklar jamoasi oʻz maydonida Oʻzbekiston terma jamoasi bilan oʻrtoqlik oʻyini oʻtkazib 4:1 hisobida zafar quchgan. Shuningdek, Samarqandda Ozarbayjon termasi bilan oʻtkazilagan oʻrtoqlik oʻyinida „Dinamo“ futbolchilari 1:0 hisobida gʻalabani tantana qilishgan. Bundan tashqari, koʻhna shaharda terma jamoamiz oʻzining bir nechta muvaffaqiyatli oʻyinlarini oʻtkazgan.

2000-yilgi mavsumning yakunida esa „Samarqand-Dinamo“ jamoasi Oʻzbekiston Kubogi finalida Toshkent viloyatining „Doʻstlik“ jamoasi bilan „Paxtakor“ oʻyingohida kuch sinashdi. Gollarga boy oʻtgan uchrashuvda „Doʻstlik“ 4:1 hisobida gʻalaba qozonib Kubok sohibiga aylandi. Dinamochilar esa shu yili Oliy liga tarixdagi eng yaxshi natijalari toʻrtinchi oʻrinni egallashdi. Koʻpchilik, oʻsha yillardan soʻng „Dinamo“ning yangi mavsumda chempionlik uchun kurashishini taxmin qilayotgandi, ammo tajribali murabbiy rahmatli Mahmud Rahimovning bevaqt oʻlimi, bu orzularni yoʻqqa chiqardi…

 
Dinamo jamoasi 2007-yil Quruvchi jamoasi qarshi.

2000-yilgi natijani jamoa hozirga qadar takrorlay olgani yoʻq.

Umuman olganda, koʻhna shahar vakillari elitada 25 mavsum mobaynida toʻp surishgan. 6 mavsum jamoa birinchi ligada toʻp surishga majbur boʻlgan. Shu kungacha „Dinamo“ni 18 nafar murabbiy boshqargan. Klubda eng koʻp ishlagan mutaxassis – bu tojikistonlik Hakim Fuzaylovdir.

„Dinamo“da oʻtgan yillar mobaynida mamlakatimizning taniqli mutaxassislari – Birodar Abduraimov, Mahmud Rahimov, Vladimir Desyatchikov, Valeriy Letkin, Sergey Xrulev, Vladimir Dotsenko, Ahmad Ubaydullayev, Aleksandr Ivankov, Baxtiyor Gʻafurov, Kamo Gazarov va Bahrom Hakimovlar faoliyat yuritishgan. Shuningdek, yuqorida aytib oʻtganimizdek, tojikistonlik Hakim Fuzaylov va turkmanistonlik Tachmurod Agamurodovlar ham klub tarixidan joy olishgan. Oʻtgan mavsumlar davomida iqtidorli murabbiy, taniqli sobiq futbolchi Azamat Abduraimov ham aynan Samarqand jamoasida murabbiylik faoliyatini boshlab klub tarixida munosib iz qoldirdi. Bugunga kelib esa, yurtimizning eng iqtidorli murabbiylaridan biri Ilhom Sharipov „Dinamo“ klubi zarvaraqlarida yangi sahifani ochishga bor kuch va gʻayratini ishga solmoqda.

Yillar davomida erishilgan eng yaxshi yutuq 2007-yildagi 5-oʻrin boʻlgan boʻlsa, oradan bir mavsum oʻtib samarqandliklar 6-oʻrinni egalladi. 2008-yil oxirida „Dinamo“ tarixiy nomi klubga qaytarildi va u hozirgacha oʻynamoqda.[1]

2015-yilgi mavsum yakunida soʻnggi, 16-oʻrinni egallagan „Dinamo“ oʻz tarixida 3-marta Oʻzbekiston Birinchi ligasiga tushib ketdi. 2016 yilda birinchi marta 1-oʻrinni egalladi va yana Premer-ligaga yoʻllanma oldi, u yerda 2017 yilgi mavsumda yana 12-oʻrindan (16 ta klub orasida) elitadan tushib ketdi.

2018-yilda Samarqandning „Dinamo“ jamoasi saviya va ahamiyatiga koʻra mamlakatning 2-futbol ligasi hisoblangan Pro -ligada 5-oʻrinni egalladi. 2019 yilgi mavsumdan boshlab jamoa yana Oʻzbekiston Superligasida oʻynamoqda. 2019-yilda „Dinamo“ Oʻzbekiston Superligasida ishtirok etib, 14-oʻrinni egalladi va 24 ochko bilan musobaqadan chiqib ketdi. 2021-yilda „Dinamo“ Pro-ligada oʻynadi va 28 ochko bilan 2-oʻrinni egalladi.

Yillar davomida erishgan eng yaxshi yutugʻi 2007-yilda 5-oʻrin boʻlgan boʻlsa, oradan bir mavsum oʻtib samarqandliklar 6-oʻrinni egalladi. 2008-yil oxirida klub oʻzining tarixiy nomi „Dinamo“ ga qaytarildi va u hozirgacha oʻynamoqda. 2015-yilgi mavsum yakunida soʻnggi, 16-oʻrinni egallab turgan „Dinamo“ oʻz tarixida 3-marta Oʻzbekiston Birinchi ligasiga tushib ketdi. 2016 yilda u birinchi marta 1-oʻrinni egalladi va yana Oliy ligaga yoʻllanma oldi, u erda 2017-yilgi mavsumda 12-oʻrindan (16 ta klub orasida) yana elitadan chiqib ketdi.

2018-yilda Samarqand „Dinamo“ jamoasi saviya va ahamiyatiga koʻra mamlakatning 2-futbol ligasi hisoblangan Pro-ligada 5-oʻrinni egalladi. 2019-yilgi mavsumdan boshlab jamoa yana Oʻzbekiston Superligasida ishtirok etmoqda. 2019-yilda „Dinamo“ Oʻzbekiston Superligasida ishtirok etib, 14-oʻrinni egalladi va 24 ochko jamgʻarib, quyi ligaga tushib ketdi. 2021-yilda „Dinamo“ Pro-ligada oʻynadi va 28 ochko jamgʻarib, 2-oʻrinni egalladi.

Klub afsonalari tahrir

Dinamoning eng koʻp maydonga tushgan oʻyinchisi bu   Oleg Gorvits.

Dinamo uchun eng koʻp liga musoboqalarida gol urgan futbolchi:   Hamza Jabborov (95 ta gol).

Qiziqarli faktlar tahrir

Jamoaning eng yirik hisobdagi gʻalabasi bu 2000-yilda Semurgʻ ustidan boʻlgan 8:0.

Eng yirik hisobdagi magʻlubiyati (8:0) 1997-yili Neftchidan olingan.

Mahalliy tarix tahrir

Mavsum Liga Oʻzbekiston Kubogi Eng Yaxshi toʻpurar Murabbiy
Div. Pos. Pl. W D L GS GA P Ism Liga
1992 1st 10th 32 8 10 14 29 46 26 Semifinal   Hamza Jabborov 17   Nikolai Solovyov
1993 1st 16th 30 6 3 21 22 59 15 Quarterfinal   Aleksandr Babayan

  Izzatillo Fayzullayev

4   Rustam Istamov
1994 2nd 2nd 34 22 7 5 81 29 51 Quarterfinal   Hamza Jabborov 24   Ahmad Ubaydullayev
1995 1st 11th 30 10 5 15 24 37 35 R32   Hamza Jabborov 11   Ahmad Ubaydullayev
1996 1st 10th 30 11 1 18 36 45 34 R1   Hamza Jabborov 12   Ahmad Ubaydullayev

  Sergey Dotsenko

1997 1st 15th 34 8 8 18 35 73 32 R1   Olim Tillayev

  Izzatillo Fayzullayev

7   Sergey Dotsenko
1998 2nd 2nd 38 26 8 4 105 44 86 Last 16   Timur Iskanderov 30   Mahmud Rahimov
1999[2] 1st 5th 30 15 8 7 57 38 53 Ikkinchi oʻrin   Jafar Iresmetov 19   Mahmud Rahimov
2000 1st 4th 38 24 3 11 92 47 75   Muhsin Muhammadiyev 26   Hakim Fuzaylov
2001 1st 12th 34 14 3 17 62 68 45 Last 16   Muhsin Muhammadiyev 15   Hakim Fuzaylov
2002 1st 13th 30 9 5 16 24 46 32 R32   Ravshan Bozorov

  Alisher Polatov

6   Hakim Fuzaylov
2003 1st 8th 30 11 2 17 40 46 35 Last 16   Mixail Fomin 7   Birodar Abduraimov
2004 1st 13th 26 6 2 18 25 48 20 R32   Asqar Beknazarov 5
2005 1st 8th 26 11 3 12 28 32 36 Last 16   Umid Isoqov 6
2006 1st 8th 30 12 4 14 39 39 40 Last 16   Bahodir Nasimov 9
2007 1st 5th 30 14 8 8 48 36 50 Quarterfinal   Farhod Tojiyev 20   Toshmurod Ogʻamurodov
2008 1st 6th 30 12 6 12 40 30 42 Quarterfinal   Ilyos Qurbonov 11   Toshmurod Ogʻamurodov

  Azamat Abduraimov

2009 1st 9th 30 11 5 14 44 42 38 Last 16   Bahodir Nasimov 10   Azamat Abduraimov
2010 1st 12th 26 6 9 11 28 33 27 Quarterfinal   Jafar Irismetov 11   Azamat Abduraimov

  Viktor Jalilov

2011 1st 10th 26 8 5 13 23 25 29 Quarterfinal   Ivan Nagayev 6   Viktor Jalilov

  Ahmad Ubaydullayev

2012 1st 9th 26 9 2 15 27 29 29 Last 16   Roʻzimboy Ahmedov 11   Ahmad Ubaydullayev
2013 1st 8th 26 8 8 10 28 36 32 R32   Farruh Shotursunov 8   Kamo Gazarov

  Ravshan Haydarov

2014 1st 10th 26 8 4 14 25 39 28 Quarterfinal   Sanʼat Shixov 7   Ravshan Haydarov

  Toshmurod Ogʻamurodov

2015 1st 16th 30 6 7 17 28 48 25 R32   Kamoliddin Murzoyev 8   Toshmurod Ogʻamurodov

  Bahrom Hakimov

2016 2nd 1st 32 26 4 2 86 19 82 R32   Amirjon Safarov 22   Bahrom Hakimov

  Ilhom Sharipov

2017 1st 12th 30 8 8 14 21 35 32 Semifinal   Amirjon Safarov 4   Ilhom Sharipov

  Edgar Gess

  Oleg Tyulkin

2018 2nd 5th 32 15 7 10 41 26 52 Last 16   Pavel Purushkin 10   Ilhom Sharipov

  Davron Fayziyev

2019 1st 14 26 6 6 14 25 47 24 R2   Qadambay Nurmetov 5   Davron Fayziyev

  Toshmurod Ogʻamurodov

2020 2nd 3rd 20 9 5 6 25 19 32 2QR   Oybek Nurmatov 5   Sergey Lushan

  Ravshan Ahmedov

  Jasur Hakimov

2021 2nd 2nd 20 11 2 7 33 28 35 R16   Roʻzimboy Ahmedov 12   Hakim Fuzaylov
2022 1st   Marat Bikmayev 8   Predrag Rogan

  Andrey Shpilov

  Vadim Abramov

2023 2nd   Joel Kojo 12   Vadim Abramov

Xalqaro Musobaqalarda natijalar tahrir

Musobaqa D M UG OʻG O
Osiyo kubogi egalari kubogi 2 - - 2 5 4 0

2000/2001-yilgi mavsumda „Dinamo Samarqand“ ushbu turnirda qatnashgan. Ushbu turnirga yoʻllanmani jamoa Oʻzbekiston Kubogida finalgacha yetib borganida qoʻlga kiritgan. „Osiyo Kubok Egalari Kubogi“ mavsum 2000/2001,Saralash bosqichi „Gʻarbiy Osiyo zonasi“ 1-raund (Markaziy Osiyo mini zonasi).

Mavsum Musobaqa Bosqich Klub Uy Safar Umumiy

hisob

2000/2001 Osiyo kubogi egalari kubogi Birinchi bosqich   Nebitchi 2-3 3-4 5-7

Klubning eski logotiplari tahrir

Klub stadioni tahrir

 
Dinamo Samarqand stadioni.

Dinamo Samarqand. PFK oʻz uy uchrashuvlarini Samarqanddagi „Dinamo Stadioni“da oʻtkazadi. Stadion 1963-yili qurib bitkazilgan, oʻsha paytda stadion sigʻimi 16.000 edi. Ushbu stadion 13.800 muxlisni oʻz bagʻriga sigʻdira oladi. 2012-yil rekonstrusiya ishlaridan oldin, bu stadion 16.000 muxlisni sigʻdira olardi. 2012-yili stadion toʻliq kapital rekonstruksiya qilingan. Stadionda zamonaviy kiyinish xonalari, Dush kabinalari, Hakamlar uchun maxsus xona, Jurnalistlar xonasi, Kafe, Klub Muzeyi, VIP va CIP oʻrinlar bor. Samarqanddagi „Dinamo Stadioni“ Oʻzbekistondagi eng yaxshi stadionlardan biridir.

1992-yildagi, eng esda qolarli voqea sifatida Oʻzbekiston Kubogining final uchrashuvini Samarqand shahridagi „Dinamo“ stadioniga oʻtkazilishi boʻldi. Ilk marta oʻtkazilgan musobaqa finalida „Dinamo“ oʻyingohida Namanganning „Navbahor“ va Qoʻqonning „Temiryoʻlchi“ jamoalari finalga roʻbaroʻ kelishib, penaltilar bahsida namanganliklar zafar quchishgan.

Yutuqlari tahrir

Futbolchilar tahrir

Joriy tarkib tahrir

1-mart 2024-yil haloatiga koʻra[3]
Amplua Futbolchi
1   UZB DR Farxod Rahmatov
2   UZB HM Doston Foteyev
3   UZB HM Ulugʻbek Abdullayev
4   UZB HM Odil Abdumajidov
5   UZB HM Anvarjon Fayzullayev
6   BLR HM Artyom Sokol
7   GHA YH Francis Narh
8   UZB YH Xislat Halilov
9   UZB YH Humoyunmirzo Iminov
10   KGZ HJ Joel Kojo
11   UZB YH Damir Temirov
12   UZB DR Nodirbek Qayumov
13   UZB DR Ravshanbek Yagudin
14   UZB HJ Bahodir Nasimov
15   UZB HM Diyorbek Dushanov
16   UZB YH Javlonbek Malikov
17   UZB HM Salim Mustafoyev
18   UZB YH Dilshod Rahmatullaev
19   UZB HJ Elnurbek Saitmuratov
20   BRA YH Ratinho Fransisko Jurani
Amplua Futbolchi
21   UZB HJ Anvar Xojimirzayev
22   UZB YH Sanjar Shoahmedov
23   UZB HJ Farrux Ikromov
24   UZB YH Boburbek Yorbekov
25   UZB YH Parviz Farmonov
26   UZB HM Komil Sharofutdinov
27   UZB YH Oybek Hamroqulov
28   UZB HJ Shahriyor Umrzoqov
29   UZB HJ Vladimir Kozak
30   UZB HJ Abubakir Moʻydinov
31   UZB HJ Islomjon Xoldorov
33   UZB HJ Javohir Gulmatov
34   UZB HM Gʻolibjon Bahromov
35   GHA HJ Emmanuel Yaghr
37   UZB HJ Firdavs Abdurahmonov
44   SRB HM Dušan Mijić
55   UZB YH Akbar Ismatullayev
58   UZB YH Husniddin Gʻofurov
77   UZB HM Vohidjon Oqboʻtayev
99   UZB HJ Muhammadbobur Asadullayev

U21 tahrir

U19 tahrir

Klub hodimlari tahrir

Klub rahbariyati va maʼmuriyati tahrir

  •   Furqat Rahimov – Klub Prezidenti
  •   Firdavs Karimov – Vitse Prezident
  •   Odil Ziyotov – Maʼmur

Murabbiylar shtabi tahrir

2024-yilgi mavsum uchun murabbiylar shtabi.

Boshqaruv tarixi tahrir

Taqdim etilgan maʼlumotlarda kichik noaniqliklar boʻlishi mumkin.

Yil Trener
1961-yil   Aleksey Lapshin
1962-1979-yillar maʼlumot yoʻq
1976-yil   Vyacheslav Koltsov
1980-1981-yillar   Birodar Abduraimov
1982-1984-yillar   Vladimir Desyatchikov
1985 yil (1-bosqich)   Aleksey Masesov
1985-1986-yillar   Nikolay Kiselyov
1987-1988-yillar   Aleksandr Ivankov
1989 yil   Vladimir Fedin
1990 yil (1-davra)   Shavkat Axmerov
1990 yil (2-bosqich)   Yuriy Mamedov
1991 yil   Rustam Istamov
1992 yil   Nikolay Solovyov
1993 yil (1-bosqich)   Rustam Istamov
1993 yil (2-bosqich)   Vladimir Desyatchikov
1994-1997-yillar maʼlumot yoʻq
1998-2000-yillar   Mahmud Rahimov
2000-2002   Hakim Fuzaylov
2003 yil   Birodar Abduraimov
2004-2006 maʼlumot yoʻq
2007-2008-yillar   Toshmurod Ogʻamurodov
2008-2010   Azamat Abduraimov
2010-2011   Viktor Jalilov
2011-2012   Ahmad Ubaydullayev
2012 yil   Sergey Arslanov
2013 yil (1-bosqich)   Kamo Gazarov
2013-2014-yillar   Ravshan Haydarov
2014-2015-yillar   Toshmurod Ogʻamurodov
2015 yil   Baxrom Hakimov
2016 yil   Uchqun Qobilov
2016 yil   Ilhom Sharipov
2017 yil   Edgar Gess
2017 yil   Oleg Tyulkin
2018   Ilhom Sharipov
2018-2019   Davron Fayziev
2019   Toshmurod Ogʻamurodov
2020   Ravshan Ahmedov
2020[5]   Sergey Lushan
2020   Jasur Hakimov
2021-yil[6]   Hakim Fuzaylov[7]
2022   Predrag Rogan[8]
2022   Andrey Shipilov[9]
2022 – hozirgi kungacha ichida.   Vadim Abramov

Mashhur Futbolchilari tahrir

 
"Dinamo" oʻyinchisi Bahodir Nasimov "rubin" klubi tarkibida.

Raqobat tahrir

Samarqand „Dinamo“si Oʻzbekistondagi eng yirik muxlislar armiyasidan biriga ega. Jamoaning deyarli har bir oʻyinida 13800 tomoshabinga moʻljallangan „Dinamo“ stadioni toʻlib-toshgan.

Samarqandning „Dinamo“ jamoasining asosiy raqibi shu nomli shahar va qoʻshni Buxoro viloyati (viloyat) poytaxti „Buxoro“ FK hisoblanadi.

Ayni paytda „Dinamo“ va „Buxoro“ muxlislari oʻzaro doʻstona munosabatlarga ega boʻlib, agar mamlakatning boshqa klublari oʻyinda sevimli klubiga raqib boʻlishsa, har ikki jamoani bir-biriga yaqinlashtiradi.

Samarqandning „Dinamo“ va „Buxoro“ jamoalari ishtirok etgan „Qadimiy shaharlar derbisi“ mamlakatimizda juda mashhur. Har ikki klub ham Oʻzbekiston va dunyoning eng qadimiy shaharlaridan biri – Samarqand va Buxoro sharafini himoya qiladi. Jamoalar oʻrtasidagi oʻyinlar ajoyib oʻtmoqda va muxlislar oʻrtasida sotib olingan.

Samarqandning ham oʻziga xos „Samarqand derbisi“ borki, bu kamdan-kam uchraydi. Agar „Dinamo“, " Sherdor " va „Spartak“ klublari, shuningdek, shaharning kichik va unchalik tanish boʻlmagan klublari oʻzaro toʻqnash kelsa, oʻyin norasmiy tarzda xuddi shunday maqomga ega .

Samarqand „Dinamo“sining koʻplab taxalluslari bor: „Samarkand“ (uzb. Samarqandliklar/Samarkandliklar); „Yoʻlbarslar“ (oʻzb . Yoʻlbardlar / Yoʻlbarslar) – shahar gerbida ham aks ettirilgan klub va Samarqand shahrining ramzi; „Starogorodtsy“ (oʻzb . Koʻhna shaharliklar / Khna shaharliklar) – Samarqandning qadimiyligiga ishora; boshqa taxalluslar ham bor.

Homiylari tahrir

Urgut shahrida joylashgan „Urgaz carpet“ maʼsuliyati cheklangan jamiyat klub homiysi hisoblanadi kompaniya yirik gilam ishlab chiqarish klasteri hisoblanadi.

Manbalar tahrir

  1. „АРХИВ. 2009 йилги "Динамо" - "Бунёдкор" учрашуви ёхуд "Лой жанги-2"“. 2023-yil 4-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 4-may.
  2. „Архив. "Динамо-1999"дан кимларни танидингиз?“. 2023-yil 4-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 4-may.
  3. „Dinamo jamoasi tarkibi“. PFL.UZ. Qaraldi: 29-fevral 2024.
  4. „Расман: Вадим Абрамов «Динамо» билан шартнома имзолади“. 2022-yil 10-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 10-sentyabr.
  5. „Расмий хабар: Сергей Лушчан - «Динамо» бош мураббийи“. 2022-yil 10-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 10-sentyabr.
  6. „Ҳаким Фузайлов - «Динамо» бош мураббийи“. 2022-yil 10-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 10-sentyabr.
  7. „Суперлигага олиб чиққан мураббий билан ҳамкорликни давом эттирмоқчи бўлган "Динамо" Ҳаким Фузайлов билан дўстона хайрлашди“. 2022-yil 10-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 10-sentyabr.
  8. „"Динамо" бош мураббийи истеъфога чиқарилди. Унинг ўрнига маҳаллий мутахассис тайинланди“. 2022-yil 10-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 10-sentyabr.
  9. „"Жамоа ўзгаришга муҳтож. Раҳбариятдан ва самарқандлик мухлислардан узр сўрайман". Андрей Шипилов "Динамо"дан истеъфога чиқишини маълум қилди“. 2022-yil 10-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 10-sentyabr.

Havolalar tahrir