Dissidentlar (yun. dissidentes -qoʻshilishmaganlar, qarshilar) — 1) davlat dini katolitsizm yoki protestantizm boʻlgan davlatlarda hukmron dinga eʼtiqod qilmaydigan xristianlar. Kuchma maʼnoda — oʻzgacha fikr qiluvchilar. 2) 1950—80-y.larning oʻrtalarida koʻpchilik sotsialistik mamlakatlarda mustabid tuzumga qarshi harakat qatnashchilarining nomi. In-son va fuqaro huquq hamda erkinliklariga rioya qilinishi uchun, oʻzgacha fikrlovchilar taʼqib etilishiga qarshi turli shakllarda chiqishlar qilishdi, sovet qoʻshinlarining Chexoslovakiyaga (1968) va Afgʻonistonga (1979) kiritilishiga qarshi norozilik bildirishdi. D. maʼmurlar tomonidan qatagʻonlarga duchor etildi, koʻplari josuslik, davlatga xiyonat qilish kabi soxta ayblar bilan ayblanib jazoga tortildi, majburlab ruhiy kasalliklar shifoxonalariga yotqizildi ("jazolash psixiatriyasi"), mamlakatdan surgun qilindi yoki muhojir boʻlib ketishga majbur boʻldi (V. I. Bukovskiy, P. G. Grigorenko, A. D. Saharov, A. I. Soljenitsin va b.).

Adabiyot tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil