Effuziya (gidrodinamikada) — gazning kichik (mm ulushlaridagi) teshiklardan sekinlik bilan oqib chiqishi. Ikki holat farqlanadi: 1 holat — teshikning diametri gaz molekulalarining erkin harakatlanish (yugurish) uzunligiga nisbatan juda kichik. Bu holda idishdagi gaz bosimi juda kichik boʻladi. 2-holat — teshikning diametri gaz molekulalarining oʻrtacha erkin harakatlanish uzunligidan katta. Bu holda idishdagi gaz bosimi ancha katta boʻladi. 1holda molekulyar oqib chiqish hodisasi yuz beradi va molekulalar oʻrtasidagi toʻqnashuvlar hech qanday ahamiyatga ega boʻlmaydi. 2holda gaz molekulalari teshikdan oqim tarzida chiqadi va vaqt birligi mobaynida chiqadigan gaz hajmi gaz zichligining kvadrat ildiziga teskari mutanosib boʻladi. Gazlarning zichligini ularning juda kichik teshikdan muayyan vaqg birligida oqib chiqishi boʻyicha aniqlash usuli shu qonuniyatga asoslangan. Agar idish ichidagi bosim tashqi bosimdan ancha katta boʻlsa, oqib chiqayotgan gaz miqdori idishdagi bosimga toʻtri mutanosib boʻladi. E. hodisasi gidrodinamikada, gidrotexnikada, gaz quvurlarini oʻtkazishda, ilmiy tekshirish ishlarida juda muhim.