Ehtimollik (matematikada) — tasodifiy hodisaning muayyan, istalgancha koʻp marta takrorlanishi mumkin boʻlgan shartlarda roʻy bera olishi darajasining miqdoriy xarakteristikasi. "Ehtimollik" tushunchasi ommaviy tusdagi jarayonlarning hodisalari uchun xarakterli boʻlgan maxsus tur bogʻlanishlar va munosabatlarni aks ettiruvchi falsafiy kategoriyadir. Ehtimollikning "klassik" taʼrifiga koʻra, u shu hodisa uchun "qulay" imkoniyatlar sonining barcha "teng imtiyozli" imkoniyatlar soniga nisbatiga teng.

Yana q. tahrir