Ekipaj (fransuzcha: équipage) 1) odamlarni tashuvchi ot qoʻshilgan yengil arava; faeton; 2) kema, kosmik kema, samolyot, tankning shaxsiy tarkibi; 3) baʼzi davlatlar harbiy dengiz flotidagi sohil harbiy qismi. Kelayotgan madad kuchlarini qabul qilib joylashtirish va ularga xizmat koʻrsatishga moʻljallangan.