Fenomen (yun.: φαινόμενoν, φαίνω phainō — „koʻrsataman“) deb har qanday kuzatiladigan hodisaga aytiladi. Kundalik hayotda esa bu atama kamdan-kam kuzatiladigan gʻayrioddiy hodisani anglatadi. Atamani zamonaviy falsafaga Immanuel Kant kiritgan.

Gugurt yonishi kuzatiladigan hodisadir, demak bu hodisa — fenomen.

Fenomen (yun. phainomenon — sodir boʻluvchi) — 1) gʻayrioddiy, kamdankam boʻladigan hodisa, fakt; 2) histuygʻu tajribasi bilan payqaladigan hodisani anglatuvchi falsafiy tushuncha (bu maʼnoda oʻz mohiyati jihatdan intellektual mushohada predmeta sifatida namoyon boʻluvchi noumenning qaramaqarshisi). "F." atamasini Aristotel "koʻrinuvchi", "tuyuluvchi" maʼnosida ishlatgan. Leybnits esa bu soʻzni tajribadan maʼlum boʻlgan dalillarga nisbatan qoʻllagan. I. Kant F. tushunchasi yordamida mohiyatni hodisadan keskin ajratishga uringan va hodisani bilish mumkin, mohiyatni esa bilish mumkin emas deb hisoblagan (yana qarang Mohiyat va hodisa).


Yana qarang tahrir