George Orwell (talaffuzi: Jorj Oruell) (haqiqiy ismi Eric Arthur Blair; 25 iyun 1903 — 21 yanvar 1950) — ingliz yozuvchisi va publitsist.

George Orwell
Tavalludi 25-iyun 1903-yil
Vafoti 21-yanvar 1950-yil(1950-01-21)
(46 yoshda)
Ijod qilgan tillari Ingliz tili[1] va Fransuz tili
Fuqaroligi Birlashgan Qirollik va United Kingdom of Great Britain and Ireland

Biografiya tahrir

Motiharida (Hindiston), britaniyalik savdo agenti oilasida tugʻilgan. Orwell avliyo Kiprian maktabida tahsil olgan, 1917-yili shunday nomli stipendiyaga sazovor boʻladi va 1921-yilgacha Iton kollejida oʻqiydi. 1922-yildan 1927-yilgacha Birmada kolonial politsiyada hizmat qiladi, soʻng ancha vaqt Buyuk Britaniya va Yevropada yashaydi. Oʻsha paytda u badiiy nasr va publitsistikani yozishni boshlaydi. 1935-yildan „George Orwell“ taxallusi ostida ijod qiladi. 1937-yili Ispaniyada Frankoning fashistik tuzumiga qarshi urushda qatnashadi. Ijtimoiy va madaniy harakterdagi koʻpgina esse va maqolalar yozgan. Ikkinchi Jahon Urushi davrida BBCda antifashistik koʻrsatuvni olib borgan.

Ijodi tahrir

  • Antiutopik roman "1984" „Molxona (novella)“ning davomi boʻldi. Orwell kelajakdagi dunyo jamiyatini totalitar ierarxik tuzum qilib tasvirlaydi. Bu tuzum oʻtkir jismoniy va ruhiy quldorlik jamiyati boʻlib, u umumiy qoʻrqinch va nafrat bilan toʻla. Aynan shu kitobda mojaroviy mashhur „Katta aka seni kuzatmoqda“ yozilgan, shuningdek, „ikkifikrlik“, „fikriy jinoyat“ kabi keng yoyilgan terminlar kiritilgan.

Romanlar tahrir

George Orwell tuberkulyoz tufayli Londonda vafot etgan.

Qiziqarli faktlar tahrir

  • Orwellning ijodida koʻpchilik totalitar tuzumning satirasini ilgʻay olganlariga qaramay, yozuvchining oʻzini hukumat uzoq vaqt davomida kommunistlar bilan yaqin aloqada boʻlganligidan shubhalangan. 2007-yili yozuvchining shaxsiy ishi oydinlashtirilgandan keyin maʼlum boʻldiki, britan kontrrazvedkasi MI-5 1929-yildan boshlab, deyarli yozuvchining vafoti 1950-yilgacha izidan yurgan.

Havolalar tahrir

  1. (unspecified title)