Gosplan yoki Davlat Planlashtirish Komiteti (ruscha: Госпла́н) Sovet Ittifoqida iqtisodiy rejalashtirishni amalga oshirgan komitet. „Gosplan“ soʻzi ruscha „Государственный комитет по планированию“ soʻzlarining qisqartmasidir. Gosplanning asosiy vazifalaridan biri besh yillik rejalarni tuzish boʻlgan.