Green Street Hooligans (ingl. Green Street koʻchasi bezorilari) 2005-yili ekranlarga chiqqan va Angliyadagi futbol bezoriligi haqida hikoya qiluvchi badiiy filmdir. Rejissor — Lexi Alexander, bosh rollarda — Elijah Wood hamda Charlie Hunnam. Film shuningdek Green Street, Hooligans, Football Hooligans kabi ismlar ostida ham maʼlumdir. Ssenariy muallifi sobiq bezori, endilikda esa yozuvchi Dougie Brimsondir.

Green Street Hooligans
Rejissyor(lar) Lexi Alexander
Prodyuser(lar) Donald Zuckerman
Deborah Del Prete
Ssenariynavis(lar) Lexi Alexander
Dougie Brimson
Josh Shelov
Rollarda Elijah Wood
Charlie Hunnam
Claire Forlani
Distribyutor Baker Street
OddLot Entertainment
Chiqarilgan sanasi 9-sentabr, 2005 (Buyuk Britaniya bayrogʻi Birlashgan Qirollik)
Davomiyligi 108 daqiqa
Mamlakat AQSH bayrogʻi AQSh / Buyuk Britaniya bayrogʻi Birlashgan Qirollik
Til inglizcha
Daromadi $3,154,346

Mazmuni tahrir

Muxbirlikka oʻqiyotgan Matt Buckner xonasidan kokain topilib, u Harvard Universitetidan haydaladi (aslida kokain uning xonadoshi Jeremy Van Holdenniki edi, biroq uning otasi yuqori mansabli amaldor boʻlib, obroʻini yoʻqotishdan qoʻrqqani uchun, ishni bosdi-bosdi qilib yuboradi). Matt Buyuk Britaniyaga, singlisi Shannon va pochchasi Steve Dunham bilan vaqtincha yashashga ketadi. U yerda u Stevening ukasi Pete — ashaddiy futbol bezorisi, West Ham United jamoasi muxlisi bilan tanishadi. Avvalboshda Petega yoqmagan Matt keyinchalik u va uning ogʻaynilari bilan yaqin doʻst tutinadi, futbol va bezorilar hayotiga oʻralashib, klublararo matchlardan soʻng boshqa klublar muxlislari bilan mushtlashib, ularni yaqindan oʻrganadi.

Film davomida koʻplab dramatik sahnalar boʻlib oʻtadi. Matt Amerikaga qaytadi va Jeremyga kokainbozligini tan oldiradi. U bilan suhbatni tasmaga yozib olgan Matt Harvardga qaytishini aytadi.

Rollarda tahrir

Aktyor Rol
Elijah Wood Matt Buckner
Charlie Hunnam Pete Dunham
Leo Gregory Bovver
Claire Forlani Shannon Buckner Dunham
Marc Warren Steve Dunham
Ross McCall Dave
Rafe Spall Swill
Kieran Bew Ike
Geoff Bell Tommy Hatcher
James Allison Benn Dunham
Terence Jay Jeremy Van Holden
Scott Christie Millwall Lad/Ricky
Joel Beckett Terry
Tom Vloothuis Firm Member

Havolalar tahrir