Guptalar davlati - qadimgi hind imperiyasi (IV VI asrlar). Taxminan 320 -yil Chandragupta asos solgan (oʻsha yildan boshlab Hindistonda Guptalar erasi hisobi boshlangan). Poytaxti — Pataliputra. Eng gullab rivojlangan davri (Chandragupta II davri taxminan 380 — 414)da deyarli butun Shimoliy Hindiston va boshqa bir qancha hududlarni oʻz ichiga olgan. Skandagupta davri (455 — 467) da boʻysundirilgan xalqlarning qoʻzgʻolonlari va saltanatning shimoli-gʻarbiy chegaralariga eftaliylarniig hujumlari boshlangan. V asr oxiridan parchalana boshlagan. VI asr boshida eftaliylar Guptalar davlatining gʻarbiy qismini bosib olib, uni katta tovon toʻlashga majbur etishgan. Guptalar davlati Markaziy Hindistondagi Mandasor davlati bilan ittifoq tuzib eftaliylarni magʻlubiyatga uchratgan boʻlsada, bu urushlar natijasida nihoyatda zaiflashgan va natijada VIasr oxirida barham topgan.

Guptalar davlatining qulashi va Xarsha davlatining vujudga kelishi. Guptalar davlati VI asming boshlariga kelib qulagan. U V  asrdayoq tushkunlikka uchray boshlagan bo'lib, buning asosiy sababi,  mehnatkash omma ahvolining og'irligida bo'lgan. Hukmronlar haddan tashqari zeb-ziynat ichida yashaganlar, dehqonlarga og'ir  soliqlar solingan, ular o'zlari yetishtirgan hosilning ko‘p qismini  soliq uchun to'lashga majbur bo'lgan. Aholi davlat foydasiga uzluksiz ravishda turli ishlarni bajarishga majbur qilingan. Mana  shu kabi omillar hind dehqonlarining ahvolini og‘irlashtirgan.  Mehnatkashlar o'rtasida norozilik tug'ilganligi alomatlari Guptalar zamonidan qolgan adabiy yodgorliklarda ko‘p uchraydi. Guptalar  podsholigiga uzil-kesil zarba bergan narsa ko'chmanchi eftaliylar,  ya’ni oq xunnlarning bostirib kirishi bo'lgan. Ular V asr oxiri — VI asr  boshlarida Shimoliy chegarani buzib o'tib, Shimoliy Hindistonning  ko'pgina shahar va qishloqlarini vayron qilganlar. 530-yilda oq xunnlar Guptalarning vassali roja Yasodharma tomonidan mag'lub  qilingan.

Xunnlarni mag'lubiyatga uchratganidan so'ng Yasodxarma  guptalar sulolasiga itoat qilishdan bosh tortib, o'zi maxaroja unvonini olgan. Lekin, unga Guptalar davlati hududining faqat bir  qismigina bo'ysungan. VII asming boshlarida Xarsha (606-647) davlati birmuncha  vaqtgacha yuksalib borgan. Xarsha Kanauja viloyatining rojasi bo'lib, keyinchalik u butun Shimoliy Hindistonni o'ziga bo'ysundirgan.  Xarsha davlati Gang daryosi vodiysi bo'ylab Sharqiy Panjobdan to  Bengaliya qo'ltig'igacha bo'lgan hududni o ‘z ichiga olgan. Markaziy  Hindistonning 40 tacha rojasi Xarshaga vassal bo'lgan.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil