Henri Matisse (talaffuzi: Anri Matiss; 31-dekabr, 18693-noyabr, 1954) – oʻzining ajoyib ranglar va koʻrinishlar orqali hissiyotlarini uzata olishi bilan mashhur fransuz rassomi. Rassom va haykaltarosh sifatida Matisse yigirmanchi asrning eng buyuk kishilaridan biri.

Henri Matisse

Haqiqiy ismiHenri Matisse
Tavalludi 31-dekabr 1869-yil
Le Cateau-Cambrésis, Nord-Pas-de-Calais
Vafoti 3-noyabr 1954-yil(1954-11-03)
(84 yoshda)
Nays, Fransiya
Millati Fransuz
Sohasi rassomlik, haykaltaroshlik
Oqim Fovizm, Modernizm
Mashhur suratlari Qizil rangdagi monandlik, 1908

MATISS (Matisse) Anri Emil Be-nua (1869.31.12, Lekato, Pikardiya — 1954.3.11, Simyez, Nitssa yaqinida) — fransuz rassomi va haykaltaroshi; fovizmnmng yirik namoyandasi. Parijdagi Jyulian akademiyasida (1891-yildan), Bezak sanʼati maktabi (1893-yildan) va Nafis sanʼat maktabi (1895—99)da taʼlim olgan. Sharqsanʼ-atidan ilhomlangan; ayniqsa, Kamoliddin Behzod miniatyura maktabita mansub miniatyura asarlari uning ijodiga katta taʼsir koʻrsatgan. M. ijodida hayot shavqi, quvonch baxsh etadigan narsalar anik, kompozitsiya va sof ranglarda tasvirlanadi: "Qizilxona" (1908), "Raqs", "Musiqa" (1910), "Rassomning ustaxonasi", "Qizil baliqchalar" (1911), "Musiqa darsi" (1916—17), "Chigʻanoqli natyurmort" (1940) va boshqa M. 1900-yillardan haykaltaroshlik bilan shugʻullandi; grafik rassom sifatida gravyura, litografiya, ofort asarlari yaratdi ("Mavzu va variatsiyalar", 1941 va boshqalar), 1940-yillarda koʻproq rangli qogʻoz bilan applikatsiya usulida asarlar ishladi ("Jaz" turkumi, 1944—47 va boshqalar).[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil