Heroes (Qahramonlar) Amerika ilmiy-fantastik teleserialidir. Muallif - Tim Kring. Serial NBC telekanalida 2006-yil 25-sentabridan beri efirga uzatiladi. Oʻzbekistonda serial TV-Markaz va NTT kanalida koʻrsatilmoqda.

Heroes

Serial ramzi (Quyosh tutilishi manzarasi bilan)
Janri Drama
Ilmiy taxayyulot
Muallif(lar) Tim Kring
Rollarda David Anders
Kristen Bell
Santiago Cabrera
Jack Coleman
Tawny Cypress
Dana Davis
Noah Gray-Cabey
Greg Grunberg
Ali Larter
James Kyson Lee
Masi Oka
Hayden Panettiere
Adrian Pasdar
Zachary Quinto
Sendhil Ramamurthy
Dania Ramirez
Leonard Roberts
Cristine Rose
Milo Ventimiglia
Bastakor(lar) Wendy Melvoin
Lisa Coleman
Mamlakat AQSH bayrogʻi AQSh
Til Inglizcha
Mavsumlar soni 3
Qismlar soni 59 (Qismlar roʻyxati)
Ishlab chiqarish
Ijrochi prodyuser(lar) Tim Kring
Dennis Hammer
Allan Arkush
Greg Beeman
Joy Los Angeles
Kamera Panavision
Qism davomiyligi taxminan 43 daq.
Efirga uzatilishi
Telekanal NBC
Tasvir formati NTSC (480i)
PAL (576i)
HDTV (1080i)
Ovoz formati Dolby Digital
Translyatsiya davri 25-sentabr, 2006 — bugun
Tashqi havolalar
Rasmiy sayti

Serial gʻayritabiiy kuchlarga ega kishilar haqida hikoya qiladi.

Mazmuni tahrir

Heroes serialida har bir qahramon hayotidan kichik hikoya koʻrsatilib, umumiy manzara hosil qilinadi.

1-mavsum tahrir

2006-yil 23-sentabridan efirga uzatila boshlangan. Bu mavsumda turli yerlardagi oddiy odamlar oʻzlarida ajabtovur qobiliyatlar borligini oʻrganishadi. Bu kuch-qobiliyatlarni otasining ishini davom ettirmoqchi boʻlgan Mohinder Suresh ismli hind genetiki tadqiq etmoqchi boʻladi. Ayni damda bu odamlarni „The Company“ („Kompaniya“) deb ataluvchi sirli tashkilot vakili boʻlmish Noah Bennet va Haitilik degan kishilar „ov“lashni boshlashadi. Mavsum voqealari New Yorkda sodir boʻlishi kutilgan yadroviy portlashning oldini olish maqsadi atrofida aylanadi.

2-mavsum tahrir

2007-yil 24-sentabridan efirga uzatila boshlangan. Bu mavsum Amerika Adiblari Gildiyasi ish tashlashi tufayli kutilganidek 24 qismli emas, balki 11 qismli boʻldi. Ushbu mavsumda xavfli virus pandemiyasiga qarshi kurashish haqida gap ketadi.

3-mavsum tahrir

2008-yil 22-sentabridan efirga uzatila boshlangan. Bu mavsumda ikkinchi mavsumga kirmay qolgan hikoyalar namoyish etiladi.

Qahramonlar tahrir

 
Serial aktyorlari.


Ismi Bosh rolda
(mavsumlar)
Ikkilamchi rolda
(mavsumlar)
Aktyor/Aktrisa Maʼlum gʻayritabiiy qobiliyatlari
Claire Bennet 1, 2, 3 Hayden Panettiere Tezkor hujayraviy regeneratsiya
Noah Bennet 1, 2, 3 Jack Coleman Yoʻq
Elle Bishop 2 3 Kristen Bell Elektr boshqaruvi
Monica Dawson 2 Dana Davis Yuksak mushak xotirasi
Simone Deveaux 1 Tawny Cypress Yoʻq
D.L. Hawkins 1 2 Leonard Roberts Qattiq jismlar ichidan oʻta olish
Maya Herrera 2, 3 Dania Ramirez Zaharlash
Ando Masahashi 2, 3 1 James Kyson Lee Avvaliga yoʻq; gen oʻzgartiruvchi dori bilan emlanganidan soʻng qobiliyat kuchaytirish va energetik himoya
Isaac Mendez 1 Santiago Cabrera Bashorat (badiiy tasvir orqali namoyon etiladi)
Adam Monroe 2 3 David Anders Tezkor hujayraviy regeneratsiya
Hiro Nakamura 1, 2, 3 Masi Oka Fazo-vaqt boshqaruvi (teleportatsiya, vaqt sayohati)
Matt Parkman 1, 2, 3 Greg Grunberg Telepatiya
Angela Petrelli 3 1, 2 Cristine Rose Bashorat (tushlar orqali namoyon etiladi)
Nathan Petrelli 1, 2, 3 Adrian Pasdar Parvoz
Peter Petrelli 1, 2, 3 Milo Ventimiglia Qobiliyatni singdirib olish (boshqa qahramonlar nimaiki qila olsa, Peter ham shuni bajara oladi)
Micah Sanders 1, 2 3 Noah Gray-Cabey Texnopatiya (elektronika bilan muloqot)
Niki Sanders 1, 2 Ali Larter Jismoniy super-baquvvatlik
Tracy Strauss 3 Ali Larter Kuchli sovutish, suv boshqaruvi
Mohinder Suresh 1, 2, 3 Sendhil Ramamurthy Avvaliga yoʻq; gen oʻzgartiruvchi dori bilan emlanganidan soʻng super-baquvvatlik
Sylar 2, 3 1 Zachary Quinto boshqa qahramonlarning qobiliyatlari manbaini oʻrganadi (jabrdiyda miyasini ochib qarash orqali) va oʻziga nusxalay oladi

Havolalar tahrir