HirotAfgʻonistonning shimoli-gʻarbiy qismidagi shahar, Herirud daryosidan sugʻoriladigan vohada joylashgan. Hirot viloyatining maʼmuriy markazi. Aholisi 436,300 kishi (2012). Avtomobil yoʻllari chorrahasi. Mamlakat gʻarbiy qismidagi muhim iqtisodiy markaz. Paxta tozalash, toʻqimachilik, oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Hunarmandchilik rivojlangan, qoʻlda turli matolar, gilam toʻqiladi. Qorakoʻl teri va boshqa qishloq xoʻjalik mahsulotlari bilan savdo qilinadi.

Hirot
dariycha: هرات Hirot
shahar
34°22′25.86″N 62°10′45.05″E / 34.3738500°N 62.1791806°E / 34.3738500; 62.1791806 G OKoordinatalari: 34°22′25.86″N 62°10′45.05″E / 34.3738500°N 62.1791806°E / 34.3738500; 62.1791806 G O
Mamlakat Afgʻoniston
viloyat Hirot viloyati
Markazi balandligi 925 m
Aholisi
 (2013)
436,300[1]
Milliy tarkib Tojiklar - 85%
Pushtunlar - 10%
Hazarlar - 2%
Oʻzbeklar - 2%
Turkmanlar - 1%
Vaqt mintaqasi UTC+4:30
Hirot xaritada

Shahar hokimi — Zana Vohid.

Aholisi tahrir

Hirot aholisi 2012-yilgi maʼlumotiga koʻra 436,300 kishini tashkil qildi.[2] Shahar aholisining yarmidan ziyodini tojiklar tashkil qiladi. 85% tojiklar, 10% pushtunlar, 2% hazarlar, 2% o'zbeklar va 1% turkmanlar.[3]

Tarixi tahrir

Shahar nomi miloddan avval ham maʼlum boʻlgan. Sosoniylar davrida yirik shaharga aylangan[4]. 7-asrdan arablar qoʻl ostida. Bu davrda Hirot yanada rivojlandi. Somoniylar davrida esa Xurosonning asosiy shahri. 10-asr boshlarida G'uriylar davlati tarkibiga kirdi. 1020-yildan Hirotni Gʻaznaviylar noibi sulton Masʼud boshqargan. 1221-yilda shaharni Chingizxonning oʻgʻli Tuluy qoʻshinlari egallab, uni vayron qilgan. 1234-yilda shahar Oʻqtoyxon tomonidan qayta tiklangan. Moʻgʻullar bosqinchiligi davridagi vayronagarchiliklar natijasida karvon yoʻllari Oʻrta Osiyodan Hindiston va Xitoyga Hirot orqali oʻtgan. Kurtlar hukmronligi vaqtida shahar Xurosonning asosiy shahri sifatida tez oʻsdi. 1383-yildan Hirot Amir Temur davlati tarkibiga kirdi. Dastlab Mironshoh (1366—1408), keyinchalik Shohrux (1377-1447), Abu Saʼid (1424-69), Sulton Husayn Mirzo (1438 — 1506) va boshqa temuriylar davlatining poytaxti boʻlgan. Oʻsha davrda Hirot juda taraqqiy etgan. Oʻrta Sharqning yirik savdo, hunarmandchilik va madaniy markaziga aylangan. Hindiston, Xitoy va Yevropa bilan keng savdo va madaniy aloqalar olib borilgan. Hirot va uning atrofida yirik madrasa, masjid, koʻpriklar va boshqa jamoat binolari qurilgan. 16-asrdan Hirot Safaviylar davlati tarkibiga kiritildi. 1716-yilda mustaqil Hirot hokimligi tuzilgan. 1732-yilda shaharni Eron shohi — nodirshoh egallagan. 1747-yildan Durroniylar davlati tarkibida. 19-asr boshida yarim beklik markazi boʻlib qolgan. 1863-yildan Afgʻoniston davlati tarkibida.

Taniqli shaxslari tahrir

Hirotda Alisher Navoiy, Jomiy, Hofizi Abru, Mirxond, Behzod kabi olim va fuzalolar yashab, ijod qilganlar. Hirot — oʻrta asr miniatyura va amaliy bezak sanʼatining markazi[5].

Meʼmoriy yodgorliklari tahrir

Meʼmoriy yodgorliklardan qalʼa (15-asr), Jome masjidi (13—14-asrlar), Musallo ansambli tarkibidagi Gavharshodbegim masjidi minoralari, Abdullo Ansoriy maqbarasi (15-asr) va boshqalar saqlangan.

Yana qarang tahrir

Galeriya tahrir

Manbalar tahrir

  1. Herat - Definition and More from the Free Merriam-Webster Dictionary. Merriam-webster.com (2012-08-31). Retrieved on 2013-07-12.
  2. „Settled Population of Herat province by Civil Division, Urban, Rural and Sex-2012-13“. Islamic Republic of Afghanistan, Central Statistics Organization. 2015-yil 23-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 24-oktyabr. (Wayback Machine saytida 2015-10-23 sanasida arxivlangan)
  3. „2003 National Geographic Population Map“ (PDF). Thomas Gouttierre, Center For Afghanistan Studies, University of Nebraska at Omaha; Matthew S. Baker, Stratfor. National Geographic Society (2003). 2008-yil 27-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 11-aprel.
  4. Translated by Herbert Cushing Tolman. „The Behistan Inscription of King Darius“. Vanderbilt University, Nashville, Tennessee.
  5. The earliest recorded date of a bishop in Herat is 424. http://www.nestorian.org/location_of_nestorian_bishops.html