IKEA - Shvetsiya kompaniyasi, mebel va uy jihozlari sotish boʻyicha dunyodagi eng yirik savdo markazlariga ega boʻlgan kompaniyalardan biri hisoblanadi. Toʻliq nomlanishi – IKEA International Group. Kompaniya bosh ofisi – Leyden shahri, Gollandiya(Niderlandiya) provinsiyasida joylashgan[2].

IKEA International Group
Xizmatlari Chakana savdo, Yogʻochni qayta ishlash
Joylashuvi Leiden
Rahbarlari Ingvar Kamprad, Asoschi
Anders Dahlvig, Prezident
Hans Gydell, Prezident
Daromadi US$28.6 miliard (2007)[1]
Ishchilar soni 104,000 (2006)
Vebsayti www.ikea.com

Tarix tahrir

 
Ingvar Kamprad,IKEA ning asoschisi

Kompaniya ildizlari Shvetsiyaga borib taqaladi va marketing siyosati maqsadida Shvetsiya imidjini saqlashga harakat qiladi. 1943-yil Ingvar Kamprad kompaniyaga asos solgan. Mebel kompaniya maxsulotlar asortimentiga 1947-yildagina qoʻshilgan. 1955-yildan boshlab “IKEA” oʻz hususiy markasi ostida mebel ishlab chiqishni boshlaydi. Boshida Kamprad mahsulotlarni oʻz uyi va pochtadan sotishni boshlaydi,1958-yilga kelib esa birinchi savdo markazi ochiladi. IKEA atamasi “Ingvar Kamprad Elmtaryd Agunnaryd” soʻzlari bosh harflari yigʻindisidan tashkil topgan,yani kompaniya asoschisi ismi sharifi va u yashagan ikki turar joy nomlari.

Boshqaruv tahrir

IKEA kompaniyasi Stichting Ingka Foundation fondiga tegishli.(gruppaning bosh kompaniyasi - Ingka Holding B. V, Gollandiya) Kompaniya prezidenti – Anders Dal`vig. 2006-yil Forbes jurnali tomonidan tuzilgan dunyoning eng boy shaxslari safiga kiradi. Ingvar Kamprad – kompaniya asoschisi va egasi, dunyoning eng boy shaxslari ichida toʻrtinchi oʻrinda, uning mulki $28 milliardni tashkil etadi.

 
IKEAning Pitsburg, Pensilvaniyada joylashgan bayroqlari

Faoliyat turi tahrir

 
Map of countries with IKEA stores:
  Joriy bozor joylari
  Bozorning kelajakdagi joylashuvi
  Sobiq bozor joylari
  Joriy yoki rejalashtirilgan bozor joylari yo'q

IKEA kompaniyasining asosiy faoliyati mebel ishlab chiqarish va sotish hisoblanadi.Ushbu mebelni hech kimning yordamisiz uyda terib olish mumkin. 2006-yil maʼlumotlariga koʻra kompaniya 33 davlatda 229 ta savdo markazlariga ega. Savdo markazlarining asosiy qismi Evropada joylashgan.IKEA kataloglari bepul tarqatiladi, 2006-yilda 160 million nusha chop etilgan. Swedwood kompaniyasi(IKEA konserni) dunyoning 11 davlatida 30 dan ortiq mebel va yogʻochni qayta ishlash tashkilotlarga egalik qiladi. IKEA da ish bilan taʼminlangan ishchilar soni – 104 ming kishini tashkil etgan(2006yilda). Hoovers maʼlumotlariga koʻra IKEA ning 2005-yilgi oboroti $18 mlrdni tashkil etgan.

IKEA Rossiyada tahrir

IKEAning Moskva dagi ilk savdo markazi 2000-yilda ochildi. 2002-yil dekabr oyida birinchi “Mega” (maydoni – 150 000 kv.m, investisiya hajmi - $200mln) ochilgan. 2007-yil fevral oyiga binoan Rossiyada IKEA ning 8 ta savdo markazlari (Moskvada – 3 ta, Sankt- Peterburgda –2 ta,Kazan,Nijniy Novgorod va Ekaterinburgda – 1tadan) faoliyat olib bormoqda.

Magazinlar roʻyhati tahrir

Moskva tahrir
  • IKEA Himki
  • IKEA Tyopliy Stan`
  • IKEA Belaya Dacha
Sankt-Peterburg tahrir
  • IKEA Dibenko ko`chasi (Sankt-Peterburg)
  • IKEA Parnas
Boshqa shaharlar tahrir
  • IKEA Kazan
  • IKEA Ekaterinburg
  • IKEA Nijniy Novgorod
Qurilayotgan magazinlar tahrir

Manbalar tahrir

  1. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; no text was provided for refs named financialtables
  2. IKEA qanday faoliyat olib boradi, 2006-08-20da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2007-11-20

Havolalar tahrir