Jahongirshoh Nuriddin (1569 — 1627) — Hindistondagi Boburiylar davlatining toʻrtinchi hukmdori (1605—27), Akbarning oʻgʻli. Asl ismi Sulton Salim.

Jahongir

J. davlatni idora etish yuzasidan "Oʻn ikki dastur" eʼlon qilgan. Dasturga, asosan, dehqonlarga nosharʼiy soliqlar solish, mahalliy hokimlarga savdogarlarning mollarini ochib koʻrish, gunohkorlarning quloq-burunlarini kesish, sharob ishlab chiqarish, maʼlum kundan boʻlak vaqtda jonivorlarni soʻyish, tugʻilgan qizlarni oʻldirish (Rojastxonda), soliq hisobiga bolalarni tortib olish (Bengaliyada) va b. man etilgan. J. davrida imperiya tarkibiga Mevar (1614), Aqmadnagar (1620), Bijapur va Golkonda (1621) hamda Panjob (bir qismi) qoʻshib olindi. J. davlatni hind rojalari bilan kelishib idora qilishga intildi. J. davrida tasviriy sanʼat, miniatyura va adabiyot rivoj topdi, bir necha maqbara, jumladan Akbar maqbarasi qurildi. J.ning oʻzi ham sheʼrlar yozgan. Uning "Jahongirnoma" asari mashhur. Saltanatining soʻnggi yillarida davlat ishlarini xotini Nurjahon begim boshqargan.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil