Kanoe (ispancha canoa — qayiq) — sport qayigʻi; shakli qayiqqa oʻxshasada, eshkak oʻrnatiladigan ayrisi boʻlmaydi, sirti silliqlangan faner yoki plastmassadan ishlangan. Eshkakchilar soni — 1, 2, 6 kishi boʻladi. 1 kishilik kanoening uzunligi 520 sm gacha, kengligi kamida 75 sm, ogʻirligi kamida 16 kg boʻladi. 2 kishilik kanoeda bu raqamlar 650, 75, 20 va 6 kishilik kanoeda esa 1100, 85, 50 ga teng .

Sportchilar bir kurakli eshkakni bir tizzaga choʻkkalagan holda eshadilar. Erkaklar poygasi (1 va 2 kishilik kanoeda) 1936-yildan olimpiada musobaqalari dasturiga kiritilgan.[1]

Yana qarang tahrir

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil