Katta KavkazQora dengiz bilan Kaspiy dengizi oraligʻida shimoly-gʻarbdan janubiy-sharqqa choʻzilgan togʻ sistemasi. Uzunligi 1100 km dan ziyod, eni 180 km gacha. Oʻq qismida — Bosh tizma, yaʼni Suvayirgʻich va Yon tizmalar joylashgan; bu tizmalardan yana bir qancha tarmoqlar ajralib chiqqan. Eng baland joyi — 5642 m (Elbrus). Katta kazkaz 3 qismga boʻlinadi: Gʻarbiy Kavkaz (Anapa shahridan Elbrus togʻigacha), Markaziy Kavkaz (Elbrusdan Kazbek choʻqqisigacha) va Sharqiy Kavkaz (Kazbekdan Sumgait shahrigacha). Togʻ yon bagʻirlarida togʻ-oʻrmon va togʻ-oʻtloq landshafti hukmron. Muzliklar (1780 km²) bor.[1]

Katta Kavkaz

Katta va Kichik Kavkaz va Zakavkaz. Nasa tasviri.
Joylashuvi Rossiya, Gruziya, Ozarbayjon
Uzunligi 1150 km
Eni 33 ... 180 km
Choʻqqisi Elburs
Balandligi 5642 m

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil