Kimono(yapon tilida:着物 ) yapon milliy kiyimi boʻlib "kiyiladigan narsa(kiyim)" maʻnosini bildiradi. Dastlab kimono soʻzi barcha kiyim kechaklarni bildirgan va vaqt oʻtishi bilan ayollar, erkaklar va bolalar kiyadiga uzun milliy kiyimni bildirgan.


Kimono — yapon erkak va ayollarining anʼanaviy kiyimi; oʻzbek toʻniga oʻxshash bari ustma-ust (chapi oʻngi ustiga) oʻtkaziladi va belbogʻ ("obi") bilan mahkamlanadi. Keng yenglari ("sode") quyida solqilanadi. Ayollar K.si belbogʻining oʻta kengligi va qoʻltiq oʻmizining oʻyigʻi kabi ichki qirgʻoqlari tikilmaydigan uzun yenglari bilan ajralib turadi. Ishlatiladigan matosi va bichimiga koʻra, K. toʻngi, uylik, kundalik, kishilik va marosim turlariga boʻlinadi. [1]


Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil