Kitakyusyu — Yaponiyadagi shahar, Simonoseki boʻgʻozidagi port. Kyusyu o.ning shim. chekkasida, Fukuoka prefekturasida. 1963-yilda sanoat markazlari — Yavata, Tobata, Kokoʻra, Vakamatsu va Modzi shaharlarining qoʻshilishidan tarkib topgan. Aholisi 1,01 mln. kishi (1995). K. — transport yullarining muhim tuguni. Mamlakatning eng yirik sanoat markazlaridan biri. Ogʻir va yengil sanoat korxonalari koʻp. Sanoatining yetakchi tarmoqlari—qora va rangli metallurgiya. Koks-kimyo, kimyo, mashinasozlik, oziq-ovqat, toʻqimachilik, harbiy sanoat, neftni qayta ishlash, sement, oyna-keramika, poligrafiya korxonalari bor. Kokoʻrada koʻmir-energetika kti qurilgan. Yavatada dunyodagi eng yirik metallurgiya kombinatlaridan biri joylashgan. Shahar Xonsyu oroli bilan suv osti yoʻli orqali bogʻlangan.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil